So’nggi yangiliklar

21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  5 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1

Eron - O'zbekiston. Timur Kapadze va Abbos Fayzullaev ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani Yangiliklar

Eron - O'zbekiston. Timur Kapadze va Abbos Fayzullaev ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani

JCH-2026 saralashi doirasidagi Eron - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Timur Kapadze va futbolchi Abbos Fayzullaev ishtirok etdi.

"Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Eron qanday kuchga egaligini bilamiz, o'zimizning kuchimizni ham bilamiz. O'ylaymanki yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Inshaalloh ertangi bahsga hammamiz tayyormiz", - deb gap boshladi Timur Kapadze.

"Ikkita yaxshi saviyadagi terma jamoalar o'rtasidagi o'yin kutib turibdi. Biz bu erga g'alaba uchun kelganmiz. Bor kuchimizni berib o'ynaymiz", - dedi Abbos Fayzullaev.

- Bilamizki, ayni paytda uch nafar o'zbekistonlik futbolchi Eron chempionatida o'ynamoqda. Bu sizga Eron terma jamoasi haqida o'ziga xos malumotlar olishda qanchalik yordam beradi?
- Eron terma jamoasi va Eron ligasini yaxshi bilamiz. Oxirgi yillarda bir necha bor to'qnash keldik. O'zimiz ham malumotlar to'pladik, futbolchilardan ham malumotlar oldik.

- Shomurodov Italiyada o'ynamoqda, Husanov APLga o'tdi. Abbos Fayzullaevda ham kelajakda Evropaning top chempionatlarida o'ynashni rejalashtirmoqdami?

Abbos Fayzullaev: - Savol uchun katta rahmat. Lekin hozir bu savolga javob berishning vaqti emas deb o'ylayman. Sababi ertaga bizni juda muhim o'yin kutib turibdi.

- Siz O'zbekiston terma jamoada ko'p yillar o'ynagansiz. Qaysi avlod kuchliroq bo'lgan deb o'ylaysiz? Hozirgi jamoa JCHga chiqish uchun etarlicha salohiyatga egami?

- Menimcha solishtirish noto'g'ri. O'sha paytda o'sha avlod kuchli edi, hozirgi eng kuchli avlod terma jamoada o'ynamoqda. Nasib qilsa maqsadimiz sari yaqinmiz!

- Masharipov diskvalifikaciya tufayli o'ynay olmaydi. Uning o'rni qanchalik bilinadi? Oston O'runov esa Qirg'iziston bilan o'ynamadi, u Eron bilan maydonga tusha oladimi?

- Ular terma jamoamizning muhim futbolchilari hisoblanadi. Bu futbol diskvalifikaciyalar uchrab turadi. Ostonda jarohat bor, tayyorlanmoqda. O'yinga tayyor bo'lsa tushadi. Qolgan futbolchilar sog'-salomat.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика