So’nggi yangiliklar

23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9

Eron matbuoti: "Qatardan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p" Yangiliklar

Eron matbuoti: "Qatardan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p"

Eronning mashhur saytlaridan biri Tehrantimes.com Osiyo Kubogi haqida maqola chop etdi.

Maqolada shunday deyiladi: "Hech kim kutmaganda Feliks Sanches boshchiligidagi Qatar milliy terma jamoasi Osiyo Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Buni bemalol shov-shuvli voqea desa bo'ladi. Musobaqa mobaynida qatarliklar 19ta gol urib, o'z darvozalaridan faqat bitta to'p o'tkazib yuborishdi". 

"Lekin asl savol shundaki, kichkina davlat Qatar qanday qilib bunday katta yutuqqa erishdi? Bu savolga birdaniga aniq va lo'nda javob berib bo'lmaydi. Bu savolning javobi o'z navbatida Eron yon qo'shnisidan o'rnak olishi kerakligini bildiradi". 

"Avvalo shuni aytish kerak, Qatar mahalliy futbolchilarni topish borasida katta muammoga duch keldi. Masalan, ularning eng yaxshi to'purari Almuaz Ali Qatarda tug'ilmagan, biroq bu jamoa natijalariga rahna sola olmaydi". 

"Eronda iqtidorli futbolchilar millionlab topiladi, biroq ularni rivojlantirish uchun bolalar futbolida aniq bir tizim ishlab chiqilmagan. SHunday ekan, Eron mamlakat futbol strukturasini boshqatdan o'rganib chiqishi shart va federaciya ham Qatardan o'rnak olgan holda bolalar futbolida jiddiy ishlarni amalga oshirishi lozim". 

"Bundan tashqari federaciya terma jamoaga o'z ishini nihoyatda sevuvchi murabbiyni taklif etishi kerak, zero Keyrush shaxs sifatida ancha taniqli bo'lgani uchun uning ko'p ishlariga ko'z yumildi. Portugaliyalik murabbiy jamoani Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorlash o'rniga o'zining Instagram tarmog'i orqali Eron futbol klublari shaniga dog' tushiruvchi gaplarni yozish bilan vaqt o'tkazdi". 

"Lekin Feliks Sanches bunday qilgani yo'q. U ishini yo'qotib qo'yishdan qo'rqmadi, bosimdan xoli ravishda jamoani qita birinchiligiga tayyorlab bordi. Balki Qatar JCH-2022 uchun boshqa murabbiy tayinlar, lekin bu ham Sanchesni xavotirga solayotgani yo'q". 

"Karlush Keyrush esa uning o'rnini "Persepolis" bosh murabbiyi Branko Ivankovich egallashi mumkin degan gap chiqqanidan keyin jazavaga tushdi va nima qilishni bilmay Eron futbolini yomonlay boshladi. Keyrushdan farqli o'laroq Sanches bor etiborni faqat o'z ishiga qaratdi. Mana nima uchun Qatar o'z xalqini xursand qila oldi". 

"Endi esa ispaniyalik murabbiy Osiyo grandlari orasidan qanday chiqib ketgani hamda mo'jazgina mamlakatni chempion qilgani bilan bemalol maqtana oladi. Qatar terma jamoasi musobaqada Saudiya Arabistoni, Iroq, Janubiy Koreya, BAA va Yaponiya kabi kuchli jamoalarni mag'lub etdi. Vaholanki, Qatarga nisbatan shu jamoalarning imkoniyati yuqori baholangandi". 

"Buyog'iga Eron terma jamoasining yangi murabbiyi yangi avlodni shakllantirish ustida ish olib boradi. Jamoani tubdan o'zgartirish uchun ko'p vaqt kerak. Qatarga esa buning hojati yo'q, chunki ularda shundoq ham yosh jamoa bor va bu jamoa bilan bemalol JCH-2022da eng kuchli jamoalarga munosib qarshilik ko'rsatsa bo'ladi". 

X.Xoliqov tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика