Eron futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatida 3-o'rinni egalladi
22 iyu 2019 19:09
Yangiliklar


Eron futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatida 3-o'rinni egalladi
Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati bugun o'z nihoyasiga etadi.
Musobaqaning 3-o'rin uchun bahsi yakuniga etdi. Bunda Eron va Indoneziya futzal jamoalari o'zaro bahs olib borib, eronlik yoshlar 9:1 hisobida zafar quchishdi. SHunday qilib Eron U-20 terma jamoasi ikkinchi bor tashkil etilgan musobaqada uchinchi o'rinni egalladi.
Sal avval Yaponiya va Afg'oniston futzalchilari o'rtasida final uchrashuvi boshlandi. O'yin yakuniga etgach kim g'olib chiqqani haqida malumot beramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar