Eron futbol federaciyasi terma jamoa bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
28 iyu 2021 18:31
Yangiliklar


Eron futbol federaciyasi terma jamoa bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Eron milliy jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi markazlashgan o'yinlarini yuqori notada o'tkazdi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Dragan Skochichning shartnomasi ikkinchi raund oxirigacha edi. Eron terma jamoasi Bahraynda o'tkazilgan saralash o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunlab keyingi bosqichga yo'l oldi. Forslar ketma-ket uchrashuvlarda Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroqni mag'lub etishdi.
Bugun Eron futbol federaciyasi ushbu mutaxassis bilan shartnoma uzaytirilgani haqida rasmiy malumot berdi. Federaciya rahbari SHahobiddin Azizi Xadem xorvatiyalik murabbiy bilan muzokaralar ijobiy yakun topganidan mamnun ekanini bildirdi. Eslatib o'tamiz, Dragan Skochich 2020 yilning fevral oyidan beri Eron terma jamoasiga ustozlik qilib kelyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar