So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  0 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Eron futbol federaciyasi binosiz qoldi Yangiliklar

Eron futbol federaciyasi binosiz qoldi

Eron futbol federaciyasi va "Persepolis" klubi bitta binodan foydalanib kelishayotgandi.

Lekin yaqinda ulardan bu bino tortib olindi. Savol tug'ilishi mumkin, bu qanday yuz berdi? Gap shundaki, Eron FF 2019 yilning may oyida belgiyalik murabbiy Mark Vilmots bilan shartnoma imzolab, ushbu mutaxassis oldiga terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqish vazifasini qo'ygandi. 

Lekin uch yillik shartnomaga imzo chekkan Vilmots Eron MTJni atigi 6ta o'yinda boshqardi. Natijalar ijobiy ko'rninish olmagach, istefoga chiqarildi. 2019 yilning noyabr oyida Eron futbol federaciyasi sobiq prezidenti Mehdi Taj belgiyalik murabbiyning tovon pulini to'lab berish maqsadida Eron ijtimoiy xavfsizlik investiciya kompaniyasi (boshqacha nomi "SHasta")dan 2 million dollar qarz olishga majbur bo'ldi.

Qarz bergan tashkilot 2020 yilning dekabr oyida pulni qaytarishni so'ray boshladi. Lekin Eron FFda buncha pul yo'qligi sabab "SHasta" sekin-asta federaciyaga bog'liq narsalarni o'zlashtirishga tushdi. Yaqinda tashkilot Eron futbol federaciyasi binosini tortib oldi. Binodan shuningdek, mamlakat chempioni "Persepolis" klubi ham foydalanib kelayotgandi.

"Persepolis" ijrochi direktori Ebrahim SHakuri bo'lib o'tgan voqea xususida shunday dedi: "Asfsuski, biz federaciyaning aybi bilan binosiz qoldik. Lekin bunga shunchaki qarab turmaymiz. "Persepolis" - katta klub va millionlab muxlislariga ega. SHunday katta jamoaning uysiz qolishi aqlga smig'maydi. Futbol federaciyasining qarzi borligi, bu ularning muammosi. "Persepolis"ning bunga umuman aloqasi yo'q. Va boshqalarning o'zaro muammosi deb klub jabr chekmasligi kerak".

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика