Eron chempionatida VAR yo'lga qo'yiladi
24 dek 2018 10:27
Yangiliklar
Eron chempionatida VAR yo'lga qo'yiladi
VAR (Video Assistant Referee) hozirgi kunda tobora ommalashib bormoqda.
Eron futbol federaciyasi rahbari Mehdi Taj OAV vakillari bilan suhbatda ichki chempionat o'yinlarida VAR yo'lga qo'yilishi haqida aytib o'tdi.
Bunga "Persepolis" ishtirokidagi oxirgi o'yinlarda hakamlar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar sabab bo'lgan ekan. Federaciya rahbari bu borada shunday dedi: "Hozircha biz VARni to'rtta stadionda sinab ko'ramiz: Tehrondagi "Ozodi", Isfahondagi "Naqshe jahan", Ahvazdagi "Fulad Arena" hamda Mashhaddagi "Imom Reza". O'ylaymanki, shundan keyin hakamlarning xatosi kamayadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar