Eron chempionati. Jeparovning goli "Istiqlol"ga muhim g'alabani keltirdi
12 avg 2017 01:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/270733_original.jpg)
![](/upload/storage/270733_220.jpg)
Eron chempionati. Jeparovning goli "Istiqlol"ga muhim g'alabani keltirdi
Eron chempionatining 3-turida hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepadigan "Istiqlol" o'z uyida "Traktor Sozi"ni qabul qildi.
"Istiqlol" - "Traktor Sozi" o'rtasidagi uchrashuvning taqdirini Server Jeparov kiritgan yagona gol hal etdi.
O'yinning 42-daqiqasida Jeparov "Traktor Sozi" darvozasini ishg'ol etdi va "Istiqlol"ga muhim g'alabani keltirdi.
Jeparovning golini telegramdagi rasmiy kanalimizda - @Championatasia tomosha qilishingiz mumkin.
Jeparov kiritgan gol "Istiqlol"ning yangi mavsumdagi ilk goli va birinchi g'alabasiga zamin yaratdi. Jamoa 3-turdan keyin 4 ochko jamg'argan holda 8-o'rinda bormoqda.
Eron chempionati, 3-tur. Turnir jadvali.
"Istiqlol" - "Traktor Sozi" 1:0
Gol: Server Jeparov (42)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar