So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  4 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  15 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  12 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  16 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  4 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   7 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  55 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  434 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Eron bosh murabbiyi: "O'zbekiston Osiyoning kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Parvoz bilan bog'liq muammolar bizga ham qiyinchilik tug'dirmoqda" Yangiliklar

Eron bosh murabbiyi: "O'zbekiston Osiyoning kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Parvoz bilan bog'liq muammolar bizga ham qiyinchilik tug'dirmoqda"

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G'alinoi JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hozir meni tashvishga solayotgan narsa jamoaning tiklanishi va futbolchilarning jismoniy holati hisoblanadi. Afsuski, futbolchilardan birini yo'qotdik. Said Mehri mushaklari zo'riqishi tufayli jarohat olgan va bunga to'g'ri yo'lga qo'yilmagan parvozlar sabab bo'lgan. Biz so'nggi safarimiz davomida qiyinchiliklarga duch keldik va bundan biroz ranjidik. Terma jamoaning qadr-qimmati, shaxsiyati bundan baland. Xitoydan kelgan sayyoh bizni ko'rib, “Mamlakat terma jamoasi shu tariqa parvoz qilishi kerakmi?” dedi. Umid qilamanki, rahbariyat uchinchi saralash bosqichida terma jamoa haqida o'ylashadi, chunki futbol odamlarga zavf bag'ishlaydi. Odamlar bu muammolar uchun bizni ayblashga haqli.

Rasmiylardan terma jamoaning uchinchi saralash bosqichi haqida o'ylashlarini istayman, chunki futbolchilar chindan ham astoydil mehnat qilishyapti, yigitlar ko'p kuch sarflamoqda va men ularning har biriga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bo'lajak o'yin haqida shuni aytishim kerakki, O'zbekiston Osiyoning kuchli kuchlaridan biri sanaladi. Hozirda mamlakatlar futboli bir-biriga yaqinlashdi. O'zbekiston rasmiylari bir necha yillardan beri sarmoya kiritib, o'zining asosiy terma jamoalariga yordam bermoqda. Ular yaxshilanishdi va bizni qiyin o'yin kutib turibdi.  Umid qilamanki, uch ochko qo'lga kiritamiz. Biz yaxshi natijalarga erishdik hamda keyingi bosqich yo'llanmasini hal qildik. Rahbarlar keyingi bosqich haqida o'ylab ko'rishlari kerak, chunki buyog'iga qiyin bo'ladi. Raqib jamoani to'liq tahlil qildik va taktika ishlab chiqdik. Buni maydonda amalga oshirishga harakat qilamiz. Munosib o'yin bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", — dedi eronlik mutaxassis.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика