So’nggi yangiliklar

07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Eron bilan o'yinga to'rt kun qoldi. Ulug'bek Baqoev saytimizga intervyu berib "Ozodi" stadionida urgan golini yodga oldi Yangiliklar

Eron bilan o'yinga to'rt kun qoldi. Ulug'bek Baqoev saytimizga intervyu berib "Ozodi" stadionida urgan golini yodga oldi

Teglar :  EronUlug'bek Baqoev
JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Eron - O'zbekiston bahsiga atigi to'rt kun qoldi.

12 iyun kuni Tehrondagi hashamatli "Ozodi" stadionida Eronga qarshi juda muhim uchrashuvni o'tkazamiz.

Hozirda Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoamiz bu o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Biz shu paytgacha Eron bilan safarda bir marta o'ynab, 1:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. Bu o'yin qariyb besh yil oldin "Ozodi" stadionida bo'lib o'tgandi. O'shanda Ulug'bek Baqoev tomonidan 71-daqiqada kiritilgan yagona gol vakillarimizga muhim uch ochkoni taqdim etgandi.

Eron bilan navbatdagi bellashuvga yaqin qolayotgan bir paytda hozirda "Buxoro" klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Ulug'bek Baqoevdan intervyu olib, o'yinni hamda golni yodga oldik.

- Ulug'bek aka, suhbatimiz avvalida 2012 yilning 14 noyabr sanasida bo'lib o'tgan Eron - O'zbekiston bahsini yodga olsak.

- Biz bu o'yinning qanchalik qiyin kechishini hamda natija biz uchun juda muhimligini bilardik. Muhimi, yutqazib qo'ymasligimiz kerak edi. Esimda, o'yinga chiqishdan oldin terma jamoamizning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov g'alaba uchun to'p tepishimiz lozimligini uqtirgandilar. Maydonga chiqqach, ortga yo'l yo'q edi, barcha futbolchilar g'alaba uchun harakat qilgandi.


- Futbolchilar o'z kuchlariga qanchalik ishonishgandi?
- Futbolchi qaysi raqibga qarshi o'ynamasin o'z kuchiga ishonishi shart. Har doim g'alaba haqida o'ylash lozim. Aytishim mumkin, biz 100 foiz o'zimizga ishongan holda maydonga chiqqanmiz.

- Stadiondagi muhit qanday bo'lgan?

- O'sha kuni yomg'ir yoqqani esimda bor. "Ozodi" stadioni to'lmagan bo'lsa ham muxlislar ko'p edi. Bilasiz, bu stadionda Eron termasiga qarshi to'p tepish oson emas, shunga qaramay biz oxirigacha harakat qilganmiz.

- "Ozodi" stadionida o'ynash qanchalik qiyin?

- Stadion juda katta va odam ko'pligidan bazan futbolchilar bir-birini eshitmaydi. Qolaversa, eronlik muxlislar o'z jamoalarini tinmay qo'llab turishadi.

- O'yindagi yagona golni Siz raqib darvozasiga kiritgansiz. O'sha golni yodga olsak.

- Gol bo'lishidan avval raqib o'yinchisi qoida buzgan va hakam jarima to'pi belgilagandi. Jeparov to'pni tepishdan oldin jarima maydonchasi ichiga aniq etkazib berishini sezgandim. Server jarima to'plarini yaxshi amalga oshirishini hamma biladi. To'p uzatilgach, men oldinga harakat qila boshladim, raqib himoyachisidan o'zib ketgan holda to'pga birinchi bo'lib etib keldim va chap oyoqda zarba berdim.

TAS-IX emas



- Goldan oldin Sizda hozir to'p kiritaman degan ichki hissiyot bo'lganmi?
- Bunday hissiyot bo'lmagan. CHunki kim gol urishining farqi yo'q edi: menmi, boshqasimi. Muhimi, g'alaba qozonsak bo'lgani edi. Hissiyot bo'lmagan-u, lekin umid bor edi. CHunki bunday o'yinlarda bitta standart vaziyat ham o'yin taqdirini hal qilishi mumkin.

- Bu golni faoliyatingizdagi eng muhim gollardan biri deb hisoblaysizmi?

- Bir tomondan shunday desa ham bo'ladi. CHunki safardan o'ta muhim uch ochko bilan qaytganmiz. Lekin boshqa tomondan baribir jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz alam qilgandi.


- "Ozodi" stadionida Eronni ikkinchi bor mag'lub etish uchun terma jamoamiz qanday o'ynashi kerak deb hisoblaysiz?
- Avvalo terma jamoamizga va barcha yigitlarga omad tilayman. Hech kimga aql o'rgatish niyatim yo'q, lekin u erda maydonning har bir qismi uchun kurash kechadi. Raqibdan ayniqsa yakkakurashlarda ustun kelishimiz kerak. Kim gol urishining farqi yo'q, muhimi g'alaba biz tomonda bo'lsa bo'ldi.

- O'zingiz bu bellashuvdan nima kutyapmiz?

- Terma jamoa uchun juda qayg'uryapman. Albatta, o'yin qiyin bo'ladi, shunga qaramay hammaga omad tilab qolaman.

- Jahon chempionati saralash bosqichida Eron darvozasiga oxirgi to'pni kiritgan Siz bo'lib turibsiz. SHundan beri forslar birorta to'p o'tkazib yuborishmadi. 12 iyun kuni bu seriyani yana yo'qqa chiqara olamizmi?

- Hozir bu haqda o'ylash kerak emas, statistikani bir chetga surib qo'ygan holda avvalo o'yinga etibor berishimiz kerak. Har bir jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlari bo'ladi. O'ylaymanki, murabbiylar Eron termasining kuchsiz nuqtasini topib yigitlarga tegishli ko'rsatmalarni berishadi. Eron gol o'tmazayotgan bo'lsa ham himoyasi juda kuchli deya olmayman, ularga bemalol gol ursa bo'ladi va buni futbolchilarimiz uddalay olishadi deb o'ylayman.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика