Eron bilan o'yinga 20 kun qoldi. Jeparov uchun tashkil qilingan o'yin
23 may 2017 21:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/255172_original.jpg)
![](/upload/storage/255172_220.jpg)
Eron bilan o'yinga 20 kun qoldi. Jeparov uchun tashkil qilingan o'yin
Agar biz g'alaba qozonsak, mundialga borish uchun yanada qulay imkoniyatga ega bo'lamiz. Mabodo Eron zafar quchadigan bo'lsa, forslar saralash bosqichi tugashiga ikkita tur qolganida jahon chempionati yo'llanmasini hal qilishadi.
O'tgan haftaning yakshanba kuni TTYMI stadionida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'rinbosarlari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilindi. Bu o'yinda terma jamoamiz etakchilaridan biri Server Jeparov "Loko" libosida maydonga tushib, 70 daqiqa harakat qildi.
Mazkur bahs Jeparovga o'yin amaliyoti bo'lsin degan maqsadda tashkil qilindi deya olamiz. Server yoshlar orasida baribir tajribali ekanligi bilan ajralib turdi. Qolaversa, gollardan biriga hammualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, Eron - O'zbekiston uchrashuvi 12 iyun "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar