Eron bilan o'yinga 19 kun qoldi. Oy oxirigacha ikkala jamoa ham yig'ilmaydi
24 may 2017 15:46
Yangiliklar


Eron bilan o'yinga 19 kun qoldi. Oy oxirigacha ikkala jamoa ham yig'ilmaydi
12 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Tehronda Eron mehmoni bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:45da start oladi.
Eronda milliy chempionat o'z yakuniga etdi. "Persepolis" chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Istiqlol" ikkinchi, "Traktorsozi" uchinchi o'rinni band etdi. Ayni paytda eronlik futbolchilar tatilda.
Bizda esa oliy liga va Kubok uchrashuvlari davom ettirilmoqda. SHu oyning oxirigacha bizda 12-tur bahslari, shuningdek O'zbekiston Kubogi 1/8 final javob bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Qolaversa, may oyida FIFA kunlari yo'qligi sababli ikkala jamoa ham yig'ilmaydi.
O’xshash yangiliklar
05:02
Klublar o'rtasidagi JCH. “Bavariya“ chorak finalda. Bizni chorak finalda dahshat uchrashuv kutmoqda 7

Fikrlar