So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

"Eron bilan ikkinchi bo'limdagi o'yin, men yaqin yillarda ko'rgan eng zo'r o'yin" Yangiliklar

"Eron bilan ikkinchi bo'limdagi o'yin, men yaqin yillarda ko'rgan eng zo'r o'yin"

SHarhlovchi va sport jurnalisti Hasan Turdialiev Zoir Tursunboevga bergan intervyusida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec haqida fikr bildirdi.

"Boshqa murabbiylar jamoatchilikka qilayotgan ishlari bo'yicha hisobot berar edi, Katanecda esa bunaqa emas ekan. Balki bu ham to'g'ridir. Bitta turnirdan so'ng xulosa qilib qo'yishni xohlamayman. Balki u hozir to'g'ri yo'ldadir, buni isbotlay olar balki. Yaqinda Sinisha Mixaylovich olamdan o'tdi, "Bolonya"da ishlagan murabbiy. Futbolchilar murabbiy uchun o'ynashdi joyi kelganda. Murabbiy zoom orqali ko'rsatmalar berib turdi.

Baribir holatni ichidan bilish kerak. Balki futbolchilardan ham "tortolmaydi bu" degan gaplar chiqar. Agar sog'lik haqida qayg'uradigan bo'lsa, Katanec ham o'zini majburlab ishlamasa kerak. Joyi kelsa, "tayyormasman" deb o'zi ham aytsa kerak. Birdaniga "chopvormaslik" kerak.

Yana bir narsa, turnirga yaqin ketma ket jarohatlar bo'ldi. Katanecning rejalarini buzib yubordi baribir. Balki uning bizga ko'rsatmoqchi bo'lgan boshqa futboli bo'lishi mumkindir. Hozir majburlikdan kimlarnidir tushirdi va turnir vaqtida ham jarohatlar davom etaverdi. U majburlikdan eksperimentlar qildi, ishonmaydigan futbolchilariga ishonishga to'g'ri keldi. Sxemalar o'zgarib ketdi.

Eron bilan ikkinchi bo'limdagi o'yin men yaqin yillarda ko'rgan eng zo'r o'yinimiz bo'ldi. Balki shunaqa futbolni 90 daqiqa o'ynaydigan qilib joriy qilar. Imkon berish kerak hali", – deydi Hasan Turdialiev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика