So’nggi yangiliklar

10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  1 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  7 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  6 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  3 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  5 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  12 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  6 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  3 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  13 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  2 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0

Eron - AQSH! Uchinchi turning eng shiddatli bahsi uchun prevyu Yangiliklar

Eron - AQSH! Uchinchi turning eng shiddatli bahsi uchun prevyu

Eron terma jamoasi 1-turdagi daxshatli mag'lubiyatdan so'ng ikkinchi turda so'nggi daqiqalarda urilgan gollari evaziga Uelsni taslim etdi.

AQSH esa turnirning har ikki bahsida ham durang qayd etdi. Bugungi bahs g'olibi keyingi bosqichga chiqishi aniq. Bu bahs so'nggi turnirning eng shiddatli jangi bo'ladi. Eron — AQSH! Ikki dushman jamoalarning o'zaro futbol bahsi turdagi har qanday nomdor o'yinlardan ham kattaroq afishaga ega.

Eron yaxshi himoyalanadi va kerakli vaqtda gol urishni biladi

Eron pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega, buning uchun ular bitta yaxshi o'yin ko'rsatib berishsa etarli. Bu o'yindagi g'alaba Saudiya Arabistonining Argentinani taslim etganidek hukumat va millat uchun bayram bo'lishi aniq. Eronning asosiy vazifasi o'z uslubida yaxshi himoyalanish va kerakli vaziyatda imkoniyatdan foydalanishdan iborat. Osiyo vakillarining birinchi gol o'tkazib yuborishi o'zi uchun katta minus bo'ladi. Jamoa birinchi goldan so'ng sochilib ketishi mumkin, bunga ularning Angliya bilan o'yinida guvoh bo'ldik.

Eron etakchisi Alirizo Jahonbaxsh bugungi o'yinda ishtirok etmaydi

Terma jamoa etakchisi Alirizo Jahonbaxsh bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. U avvalgi uchrashuvlarda sariq kartochka oldi va bugungi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu esa eronliklarning hujumiga qattiq tasir qilishi mumkin. Eroning bugungi asosiysi vazifasi – AQSHga mag'lub bo'lmaslik. SHu holatda ham ular keyingi bosqichga chiqishlari mumkin, buning uchun ikkinchi o'yinda angliyaliklar mag'lub bo'lmasa bo'lgani. Alirizo yo'qligiga qaramasdan, Keyrushda hujum borasida ancha yaxshi variantlar bor. Taremi va Azmun bu jahon chempionatida ancha ishonchli harakat qilishmoqda.

AQSH dastlabki ikkita uchrashuvda raqibga moslashgan holda yaxshi harakat qilishlari mumkinligini ko'rsatib berishdi

Uelsga qarshi o'yining dastlabki daqiqalarda amerikaliklar ancha qiyinchilikka uchrashdi, biroq keyin ular raqibning o'yiniga moslashdi va sal qolsa uch ochkoga ega bo'lishlari mumkin edi. Ularning o'yinchilari juda kuchli ko'rinmasligi mumkin, biroq ularda butun bir jamoa bor va bundan AQSH vakillari yaxshi foydalanishmoqda. Ikkinchi turda esa okean orti vakillari to'pni to'liq inglizlarga topshirdi, biroq yuqori pressing evaziga raqiblarini o'z jarima maydonlariga ham yaqinlashtirilmadi. Har ikki bahsda ham amerikaliklar raqiblarining hujumlarini bartaraf etishni uddalashdi va ularning o'yinlariga tushib olishdi. Biroq uchinchi turda AQSH ikkinchi raqamli bo'lib harakat qila olmaydi. Ularga g'alaba kerak va shu sababli endi ular hujum qilishadi va endi eronliklar AQSHning avvalgi ikkita o'yindagi harakatlarini ko'rsatib berishi mumkin.

AQSHning yulduzlaridan biri Jovanni Reyna bosh murabbiy bilan kelisha olmayapti

Jovanni Reyna ancha yillardan beri zo'r darajada o'yin ko'rsatib bermoqda. Biroq JCH paytida u atigi sakkiz daqiqa maydonda harakat qildi. Bu holatni hattoki uning jamoadoshlari ham tushunmayapti. Ular Jovanni Reyna bilan o'ynashni istashmoqda, biroq barchasini murabbiy hal qiladi. Birinchi o'yindan so'ng AQSH bosh murabbiyi Jovannining jarohati borligi haqida gapirdi, biroq buni futbolchi tasdiqlamadi. Keyingi turda ham Reyna “bonkada” qoldi. Katta ehtimol bilan uchinchi turda ham u asosiy tarkibda maydonga tushmaydi.

Jamoalarning bugungi o'yinga ehtimoliy tarkiblari:

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика