So’nggi yangiliklar

13:55Арманистон асосий стадиони майдонини Женнифер Лопес концертидан 1 ой ўтмай тиклашга эришди  4 13:36Германия терма жамоаси 2001 йилдан бери илк бор Жаҳон чемпионати саралашида гол уролмади  0 13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  9 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  1 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   11 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  18 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  3 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9

Eron. 19-tur. "Persepolis"da durang, "Sepaxon"da mag'lubiyat Yangiliklar

Eron. 19-tur. "Persepolis"da durang, "Sepaxon"da mag'lubiyat

Eron chempionatining navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Aleksandr Lobanov harakat qilayotgan "Persepolis" jamoasi bu safar "Zob Axan"ga safar uyushtirdi. Ushrashuv shiddatli tarzda kechdi. Stadionga kelgan muxlislar o'yinda jami to'rtta gol ko'rishdi. Dastlab mehmonlarni Alishah hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Hasanzadeh penaltidan Lobanov darvozasini ishg'ol etdi - 1:1.

"Persepolis" jamoasi durangga rozi bo'lmay oldinga qarab bordi va uchrashuvning 80-daqiqasida Alipur Lobanov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 1:2.
Ammo "Persepolis" ushbu g'alabani saqlab qola olmadi. O'yin tugashiga sanoqli soniyalar qolganida Lobanov o'z darvozasidan ikkinchi golni o'tkazib yubordi. Qanotdan oshirib berilgan to'pni Tabrizi boshi bilan darvozaga yo'lladi va "Zob Axan"ni mag'lubiyatlar saqlab qoldi - 2:2.

Takidlash joizki, Aleksandr Lobanov o'zining yangi jamoasidagi ketma-ket uchinchi o'yinida 2tadan gol o'tkazib yuborda. Hozircha Lobanov o'z darvozasidan jami 6ta gol o'tkazib yubordi.



Bu turda yana bir hamyurtimiz Fozil Musaev harakat qilayotgan "Sepaxon" jamoasi "Fulad" mehmoni bo'ldi. Bu bahsda Fozil Musaev jamoasi o'z niyatiga erisha olmadi. Uchrashuvda tomoshabinlar ko'plab gollarni tomosha qilishmagan bo'lsada, maydonda juda keskin kurash kechdi. Uchrashuv taqdirini hal etgan golni esa o'yinning 70-daqiqasida "Fulad" azosi Aleshake kiritdi - 1:0.


SHu tariqa ushbu turda Eron chempionatida ishtirok etayotgan legionerlarimizning hech biri g'alaba qozona olmadi.


Eron chempionati, 19-tur.

"Zob Axan" - "Persepolis" 2:2
Gollar: Alishah (36), Hasanzadeh (73-penaltidan), Alipur (80), Tabrizi (90).

"Fulad" - "Sepaxon" 1:0
Gol: Aleshake (70)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика