Ernesto Valverde va "Barselona" yangi shartnoma imzolashdi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2019, 14:29
"Barselona" rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

Ispaniyalik mutaxassis hamda Kataloniya klubi o'rtasida imzolangan yangi bitim 2019/20 mavsum oxirida yakuniga etadi va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.

Valverde 2017 yilning yozida "Barselona" bosh murabbiyi deb e'lon qilingan edi.

Ayni damda "Barselona" LaLiga turnir jadvalida 51 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com