Ernesto Valverde: “SHartnomani uzaytirish haqida gapirishga hali erta”
23 sen 2018 08:41
Yangiliklar
Ernesto Valverde: “SHartnomani uzaytirish haqida gapirishga hali erta”
Valverde jurnalist tomonidan “Barselona” bilan shartnomani uzaytirish masalasida berilgan savolga shunday javob berdi.
“Hozir amaldagi shartnomam bor. Unda klubda yana bir yil qolishim mumkinligi haqida band bor. Lekin o'zingiz vaziyatni ko'ryapsiz. Futbol kundan-kunga o'zgaryapti. Mavsum uzoq davom etadi. Voqealar rivojini kuzatib borish kerak. Bu haqda gapirishga erta”, - dedi Valverde Goal nashriga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Ernesto 2017 yilning may oyida “Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 54 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar bilan Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi hamda Superkubogi sohibi bo'ldi.
“Barselona” - “Jirona” uchrashuvi bugun “Kamp Nou” stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar