Samarqand viloyati hokimi "Dinamo"ga yangi avtobusni topshirdi
28 mar 2019 10:49
Yangiliklar


Samarqand viloyati hokimi "Dinamo"ga yangi avtobusni topshirdi
28 mart, payshanba kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov "Dinamo" stadioniga tashrif buyurdi.
SHu kuni ertalab soat 9:00da stadionda boshlangan tadbirda viloyatimiz hokimi “Dinamo” futbol klubiga xorijdan keltirilgan yangi zamonaviy avtobusni tantanali tarzda klub ixtiyoriga topshirdilar. Marosimda “Dinamo” jamoasi murabbiy va futbolchilari, faxriy muxlislar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Avtobus kalitini viloyat hokimi jamoa sardori Akmal Xolmurodovga tantanali tarzda topshirdi.
O'z navbatida Akmal Xolmurodov jamoa nomidan viloyat hokimi va homiylarga yuksak etibor uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Dinamo" klubi matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar