So’nggi yangiliklar

17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  1 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  1 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  7 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  6 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  11 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0

Erkin ijod. Qosimovga ikki oycha vaqt kerak bo'ladi Yangiliklar

Erkin ijod. Qosimovga ikki oycha vaqt kerak bo'ladi

Oliy liganing 11-turida Toshkent derbisi guvohi bo'ldik. "Bunyodkor" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qilib 1:1 hisobida durang o'ynadi.

SHu tariqa "Bunyodkor"ning ketma-ket g'alabasiz seriyasi beshta o'yinga etdi. (Qolaversa, "Bunyodkor"ning uydagi bahslarda bittadan ko'p gol urmaslik "ananasi" davom etdi). Jamoa oxirgi marta 16 aprel kuni "Neftchi"ni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytgandi.

Bu uch yillik tanaffusdan so'ng yana qadrdon jamoasiga qaytgan Mirjalol Qosimovning ikkinchi o'yini bo'ldi. Birinchi bahsda jamoa "SHo'rtan"ga kichik hisobda yutqazib qo'ygandi.

Agar "Paxtakor" tarkibida Stanislav Andreev jarimadan gol urmaganida ehtimol maydon egalari g'alaba qozonishlari ham mumkin edi. Umuman olganda, derbi yomon o'tmadi. Ikkala jamoa ham birinchi navbatda yutqazmaslikni afzal ko'rdi.



Endilikda "Paxtakor"ni ham yangi murabbiy boshqarmoqda. Jamoa ruli bir necha yildan beri klub tizimida avvaliga futbol maktabi, keyinchalik o'rinbosarlar jamoasida tishlab kelgan Jasur Abduraimovga ishonib topshirildi. Bu murabbiy bungacha asosan bolalar va yoshlar bilan ishlagan va endilikda o'zini oliy ligada sinab ko'rmoqda.

"Bunyodkor"ga qarshi bahs Abduraimov uchun to'rtinchi o'yin bo'ldi. Bungacha jamoa uchta uchrashuvdan ikkitasini g'alaba bilan tugatgan va bir marta durang o'ynagandi. Umuman olganda, Jasur Abduraimov "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan beri jamoa hali yutqazmadi.

Qolaversa, yangi murabbiy qo'l ostida "paxtakorchilar" har turda gol urib kelishmoqda. Abduraimov kelgunga qadar jamoa to'rtta o'yinda mag'lub bo'lgan, buning ustiga safardagi birorta bahsda to'p kirita olmagandi. Endi bo'lsa "Paxtakor"ning ishlari yurishib ketadiganga o'xshayapti.

Albatta, "Paxtakor" safarda hali g'alaba qozongani yo'q, lekin ikkita gol urib, ikki bor durang o'ynadi. Bunda ham Abduraimovning hissa borligi turgan gap. Yangi murabbiy o'zini jamoaning to'laqonli murabbiysi sifatida his qilyaptimi? Agar Abduraimov meni vaqtincha murabbiy etib qo'yishdi, baribir o'rnimga chetdan kimdir keladi degan xayol bilan ishlayotgan bo'lsa, bu faqat jamoaning zarariga ishlaydi.

Negaki, klub atrofida "suzib" yurgan gap-so'zlarga qaraganda "Paxtakor"ning yangi rahbariyati chetdan malakali murabbiy qidirishga tushgan. Mabodo o'zgarish bo'ladigan bo'lsa, buni yaxshisi birinchi davradan keyin amalga oshirgan maqul. Kim biladi deysiz, balki Jasur Abduraimovning o'zi mavsumni yakunlab qo'yar.

Yana "Bunyodkor" mavzusiga qaytamiz. Jamoada kadrlar almashinuvi, tarkibni yoshartirish ketayotganini inobatga olsak, Mirjalol Qosimovga ikki oycha vaqt kerak bo'ladi. Yangi murabbiy avvalo birinchi davra tugashishini kutadi va tanaffusda shunga qarab selekciya ishlarini olib boradi.



SHu o'rinda Sergey Lushanning ham xizmatlarini unutmaslik lozim. Avvalgi murabbiy natija tomondan bo'lmasa-da, klub kelajagi uchun ko'p ishni bajarib ketdi. Avvalo klub akademiyasi tarbiyalanuvchilariga keng yo'l ochib berdi. Yoshlar oliy ligada o'ynab toblanishdi, uchirma bo'lishdi, endi bo'lsa ularning "qanot qoqib uchadigan davri" keldi.

"Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsida kimning o'yini maqul keldi? To'g'risini aytganda, maydonga tushgan hamma o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qildi. Hech kim yaqqol ajralib turgani yo'q, faqat 90-daqiqada zaxiradan tushgan "Bunyodkor" futbolchisi (15-raqam) Farrux Ikromovni hisobga olmaganda. Yaxshi futbolchini o'nlab o'yinlarda kuzatish shartmas. Uning bitta harakatidan bilsa bo'ladi, salohiyati nimaga etishini. O'ylaymizki, tez orada Farrux Ikromov degan futbolchi muxlislarga taniladi.

Aytib o'tganimizdek, "Bunyodkor"ga hali vaqt kerak, vaqt esa bor. Qosimov oldida turgan birlamchi vazifa iloji boricha birinchi davrani yuqori o'rinlarda yakunlab olish va yozgi tatilda selekciyaga urg'u berish. Ertaga jamoa O'zbekiston Kubogi doirasida "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi. "Bunyodkor" oliy ligadagi mag'lubiyat alamini Kubok o'yinida olishga urinib ko'radi.

X.Xoliqov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика