So’nggi yangiliklar

14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  0 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  1 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  82 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  1 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  3

Erkin Boydullaev: "OCHL pley-off o'yinlarida qatnashish niyatim bor" Yangiliklar

Erkin Boydullaev: "OCHL pley-off o'yinlarida qatnashish niyatim bor"

Bugun "Nasaf"ning mohir markaziy yarim himoyachisi Erkin Boydullaevning sog'ligi bilan qiziqib, qisqacha suhbat qilishga muyassar bo'ldik.
Albatta, barcha muxlislarni yaqinlashib kelayotgan "Nasaf"ning safarda o'tkazadigan OCHL pley off o'yinlarida tarkib yuzasidan biroz xavotirlari bor desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Aslida tarkib bo'yicha emas balki joriy mavsumda jarohat olgan o'yinchilarni qachon maydonga tusha olishi ko'proq qiziqtirishi turgan gap.

Ana shularni hisobga olib, "xizmat doirasidan tashqarida" qolayotgan o'yinchilarning ahvoli bilan qiziqib, ular bilan qisqacha suhbatlar uyushtirib, siz aziz muxlislarni boxabar qilib borishni niyat qildik.

Joriy mavsumning 21-turidagi “Nasaf”-“Neftchi” 2:0 uchrashuvining 10 daqiqasida jiddiy jarohat olib, maydonni tark etgan jamoaning etakchi yarim himoyachisi Erkin Boydullav jamoaning keyingi besh muhim uchrashuvlarida maydonga tusha olmadi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek bugun Erkin Boydullaevning hozirgi holati bilan qiziqdik.

- Assalomu alaykum, Erkinjon sog'liklaringiz va kayfiyatlaringiz yaxshimi, jarohatdan to'liq forig' bo'ldingizmi?


- Katta rahmat, sog'ligim joyida, ayni paytda jamoamiz futbolchilari bilan birga klub bazasidaman. Hozirgi kunda asosiy etiborim jismoniy tayyorgarliklarga qaratilgan. Kayfiyatim ham juda yaxshi.

- Aytingchi Siz qachon maydonga tusha olishingiz mumkin?

- Kelasi oydan bemalol maydonda to'liq harakat qilishim mumkin. Nasib bo'lsa, OCHL pley-off uchrashuvlarida jamoamiz uchrashuvlarida qatnashish niyatim bor. SHuncha dam olganim etadi endi (kulib).


Ko'rib turganingizdek Erkin Boydullaevdan xavotir olishga o'rin yo'q. U deyarli o'ynashga tayyor holda.

Biz barcha "Nasaf" muxlislari nomidan Erkin Boydullaevga mustahkam sog'lik va kelasi yilgi chempionatda ulkan zafarlar tilab qolamiz. Jarohat tufayli iztiroblar ortda qolgani chin bo'lsin deymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика