Erkin Boydullaev "Nasaf"ga qaytishni maqul deb topdi
13 jan 2015 15:48
Yangiliklar
Erkin Boydullaev "Nasaf"ga qaytishni maqul deb topdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bilan boshlagan Erkin Boydullaev "sherlar" lagerini tark etdi.
"Nasaf" safida 2011 yildan beri harakat qilib kelayotgan Erkin Boydullaevning o'tgan mavsumda jamoa bilan tuzgan shartnomasi o'z nihoyasiga etgan edi.
Futbolchi bir muddat Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bilan shug'ullandi. Biroq Erkin Boydullaev yakunda "Nasaf"ga jamoasiga qaytishga qaror qildi. Samarqandlik futbolchi bugundan etiboran "ajdarlar" safiga qaytdi va "Nasaf" bilan mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
Erkin Boydullaevga shuningdek Eroning "Fulad" jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq Boydullaev "Nasaf"ni tark etishni istamadi.
Yaqin orada klub futbolchi bilan rasman yangi shartnoma imzolaydi.
Fikrlar