"Eriksenning ishini yaqin muddat ichida yopamiz"
26 jan 2020 17:29
Yangiliklar
"Eriksenning ishini yaqin muddat ichida yopamiz"
"Inter" sport direktori Beppe Marotta "Tottenxem" futbolchisi Kristian Eriksenning transferi borasidagi gaplarni matbuotga elon qildi.
"Buni yashirishni istamayman. Barchangiz buni bilib turibsizlar. O'tgan bir necha hafta davomida "Tottenxem" bilan muzokaralar olib bordik. Eriksenning shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. SHu boisdan uning taqdirini 6 oydan keyin hal qilmoqchi emasmiz.
Juma kuni transferlar oynasi yopiladi. SHu boisdan transfer ishlarini yaqin muddat ichida tugatishga harakat qilamiz", - dedi Marotta.
Oldinroq Eriksen "Inter"da yiliga 10 mln evro maosh olishi borasida malumotlar berilgandi.
Fikrlar