Eriksenga yana bir top-klubdan xaridor bor
24 noy 2020 23:14
Yangiliklar
Eriksenga yana bir top-klubdan xaridor bor
"Inter"ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan Kristian Eriksenning oldida faoliyatini davom ettirishi uchun yana bir variant paydo bo'ldi.
"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, 28 yoshli xavbekning xizmatlariga Dortmundning "Borussiya"sidan qiziqishlar bo'lmoqda. Futbolchi aslida yozdayoq "arilar" tarkibiga o'tishi kerak edi. Biroq o'shanda klublar bunga kelisha olishmagandi. Aytilishicha, yanvar oyida muzokaralarning yangi bosqichi boshlanadi.
Oldinroq Eriksenning xizmatlariga "Real" va PSJ kabi klublardan ham qiziqishlar borligi aytilgandi.
Ushbu mavsumda yarim himoyachi A Seriyaning 5 o'yinida qatnashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar