Eriksen "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi
26 noy 2019 13:26
Yangiliklar


Eriksen "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen maoshining ko'tarilishi mumkinligiga qaramay klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
London klubi 27 yoshli daniyalikka 9 million evrolik maosh bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qildi, ammo futbolchi rad javobini berdi. Eriksen va Angliya klubi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2020 yilning yozida yakuniga etadi.
Avvalroq, futbolchi faoliyatini "Inter", PSJ va "Real"da davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Ushbu mavsum Eriksen "Tottenxem" safida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar