Eriksen sobiq jamoadoshini Milanga chorlamoqda
26 fev 2020 22:22
Yangiliklar
Eriksen sobiq jamoadoshini Milanga chorlamoqda
Vertongen faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
"Evening Standard" nashri xabariga ko'ra, "Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen yozda London klubini tark etadi. 32 yoshli belgiyalik futbolchi faoliyatini Milanning "Inter" klubi safida davom ettirishi kutilmoqda.
Xabarda takidlanishicha, Eriksen sobiq jamoadoshini "neradzurrilar" safiga qo'shilishga undagan va yangi jamoasi haqida faqat ijobiy fikrlarni bildirgan.
Malumot uchun, Vertongen joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. U "shporlar" safiga 2012 yilda Amsterdamning "Ayaks" klubidan kelib qo'shilgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar