Eriksen koronavirus tufayli boshpanasiz qolishi mumkin edi
16 mar 2020 01:40
Yangiliklar
Eriksen koronavirus tufayli boshpanasiz qolishi mumkin edi
Xabaringiz bor, "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen qishki transfer mavsumida Italiya A Seriyasiga ko'chib o'tgan edi.
"Sport.es" nashri xabariga ko'ra, "Inter"ning yangi azosi Milandagi mehmonxonalardan birini o'zining doimiy yashash manzilgohiga aylantirgan. Mazkur mehmonxona mamlakatda koronavirus pandemiyasining avj olishi oqibatida 15 mart kuni yopildi va Eriksen malum muddat mobaynida doimiy turar joysiz qoldi.
Yuzaga kelgan vaziyatdan xabar topgan "neradzurrilar" klubi mutasaddilari daniyalik xavbek uchun yangi kvartira topishgan. Malum bo'lishicha, Eriksen yaqin 2 haftani shu maskanda izolyaciyada o'tkazadi.
Fikrlar