Erik ten Xag: "Manchester Yunayted" sovrinlar yutadigan jamoaga aylanishi kerak"
24 jan 2023 23:12
Yangiliklar
Erik ten Xag: "Manchester Yunayted" sovrinlar yutadigan jamoaga aylanishi kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasi sovrin qo'lga kiritishi uchun qo'lidan kelganini qilishini aytdi.
25 yanvar oqshomida mankunianliklar Angliya Liga Kubogi yarim finali doirasida "Nottingem Forest" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
"Sovrin yutish - futbolchilar uchun eng yoqimli hissiyot. Faoliyatim davomida ko'plab sovrinlar yutish nasib qilgan, ammo bu mendan ham ko'ra muxlislar uchun yoqimli. Jamoaning uzoq yillik muxlislari klub bilan ko'plab sovrinlar yutishgan. Bu borada ularning tajribasi juda katta.
Ammo hozir davr boshqacha: "Manchester Yunayted" so'nggi bora sovrin yutganiga ancha vaqt bo'ldi. Bu boradagi faktlarni yaxshi bilamiz. "Manchester Yunayted" yana sovrinlar yutadigan jamoaga aylanishi kerak", - dedi ten Xag.
Fikrlar