Erik Ten Xag Fergyuson chiqargan qoidani MYUga qaytardi
29 iyu 2022 08:08
Yangiliklar
Erik Ten Xag Fergyuson chiqargan qoidani MYUga qaytardi
Dushanba kuni Ten Xag MYU bosh murabbiyi sifatida birinchi mashg'ulotini o'tkazdi.
Murabbiy klub bazasiga soat 8 da etib bordi. Birinchi kuni futbolchilarning bir guruhi soat 9:30da, ikkinchi guruhi esa 11:30da bazaga kelgan.
Kelasi kundan esa Erik futbolchilarga ertalab soat 9 da klub bazasiga etib kelish talabini qo'ygan.
Klubning afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyuson ham 26 yillik faoliyatida mana shunday kun tartibini joriy qilgandi.
Ole-Gunnar Sulsher esa futbolchilarga soat 10da kelishga ruhsat berardi.
Ten Xag jamoada muhitni yaxshilash uchun futbolchilarni mashg'ulotlardan so'ng birga ovqatlanib, vaqtni birga o'tkazishga chorlagan.
Ten Xagning yana bir talabi maydon chimi masalasida bo'lgan. U klub xodimlaridan chimni 15 mm.gacha qisqartirishni so'ragan.
Fikrlar