So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Erik Geretc: "Bunday ob-havo meni qo'rqitmaydi" Yangiliklar

Erik Geretc: "Bunday ob-havo meni qo'rqitmaydi"

"Bunyodkor" - "Al Jazira" o'yinidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Erik Geretc ishtirok etmoqda.
Murabbiyga himoyachi Bashir Said hamrohlik qildi.

"Ikki yillik tanaffusdan so'ng Toshkentga kelganimdan xursandman. "Lahviya" bilan "Paxtakor"ga qarshi o'yin uchun kelgandim. Ertaga juda muhim o'yin kutib turibdi. Biz raqibimizni hurmat qilamiz. Biz futbol bo'ladigan maydonda mashg'ulot o'tkazamiz. Bu juda muhim", - deydi Erik Geretc.

"Barcha kelganlarga rahmat. Murabbiyning fikrini to'ldiraman, biz bu erga faqat g'alaba uchun keldik. O'zimga va jamoadoshlarimga omad tilayman. Bunyodkor" juda kuchli jamoa. , - deydi Bashir Said. 

- O'zbekistonda hali mavsum boshlanmadi. "Bunyodkor"ni o'rganishda muammo bo'lmadimi?
- Raqibning Turkiyadagi o'rtoqlik uchrashuvlarini tomosha qildim. O'zbekiston chempionatida o'yinlar bo'lmagan bo'lsa ham hech qanday muammoga duch kelmadik. "Bunyodkor"ning bir nechta o'yinlaring disklari bo'ycha o'rgandik. Jamoaning o'yinida juda katta o'zgarishlar kuzatilmagan.

- Ob-havo tufayli, ertangi bahsda ko'p narsani jismoniy holat va tezlik hal qiladi. Bunga tayyormisizlar?
- Albatta. Ertaga ikkala jamoa bir xil sharoitda to'p tepadi. SHu bois o'yinga tayyormiz, ob-havo bizga halal bermaydi. Men belgiyalikman, bunday ob-havo meni qo'rqitmaydi.

- Pley-off o'yini bitta o'yindan iborat shunga munosabatingiz qanday?
- Bu "Bunyodkor" uchun yaxshi. CHunki ular o'z maydonida o'ynashadi. Aslida pley-off ikki o'yindan iborat bo'lishi kerak.

- "Bunyodkor"ning qaysi futbolchilarning nomini bilasiz?
- Men raqibning deyarli barcha o'yinlarini ko'rdim. Futbolchilarini taniyman. Ammo kimnidir alohida ajratib aytish fikridan yiroqman. Butun jamoani hurmat qilaman.

- "Al Jazira" Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish uchun qanday transferlar amalga oshirildi?

- Transferlar orasida yonimda o'tirgan Bashir Saidni ayta olaman. Aynan shu poziciyada kamchilik bor edi. Uni sotib olganimizdan xursandmiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика