So’nggi yangiliklar

02:56Африкадан яна икки терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 02:05ЖЧ саралаши. Италия, Испания ва Туркиядан йирик ғалаба. Португалия ва Венгрия дуранг қайд этишди, Роналдудан дубль  1 01:52Англия терма жамоаси Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди. Инглизлар Европада биринчи бўлишди  0 01:40Саудия Арабистони Ироққа қарши ғалабага тенг дуранг қайд этиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  4 01:00Роналду жаҳон рекордини ўрнатди  11 00:30Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистонни мағлубиятга учратган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:10Қатар ўта драматик кечган ўйинда БААни мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди!  58 23:48Швеция терма жамоаси бош мураббий ёмон натижалар сабаб ишдан ҳайдалди  3 23:14Жанубий Африка Республикаси 2010 йилги мезбонликдан сўнг илк марта Жаҳон чемпионатига чиқди!  5 23:00Ўзбекистон ва Туркия U-17 терма жамоалари ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:06А Сериянинг икки клуби Неймарга қизиқиш билдирмоқда, футболчи янги чақирувга тайёр  2 21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  4 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  2 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  3 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  1

Erik: "Biz o'zimizni favorit sifatida ko'rsatishni xohlamaymiz, balki shunchaki chempionlik uchun kurashuvchi jamoa deya bilishlarini xohlaymiz" Yangiliklar

Erik: "Biz o'zimizni favorit sifatida ko'rsatishni xohlamaymiz, balki shunchaki chempionlik uchun kurashuvchi jamoa deya bilishlarini xohlaymiz"

Futzal bo'yicha jahon chempionati "E" guruhi 3-turidan o'rin olgan Marokash – Portugaliya (1:4) uchrashuvidan so'ng portugaliyalik futzalchisi Erik saytimizga intervyu berdi.

"Marokashga qarshi juda qiyin o'tkazdik. Sababi, raqib yuqori saviyali jamoa edi. Biroq ustunligimizni namoyish etgan holda g'alaba qozona oldik.

Garchand yirik hisob qayd etilgan bo'lsa-da, guruh bosqichidagi eng qiyin o'yinimiz shu edi. Sababini yuqorida takidlab o'tdim. O'ylashimcha, g'alabaga munosib harakat qildik.

Nimchorak finaldagi raqibimiz Qozog'istonni tariflashga hojat yo'q. Ular pley-off bosqichida doimiy qatnashib keladi. Qolaversa, kuchli jamoalarni mag'lub etish tajribasiga ega. Biz ular bilan so'nggi jahon chempionatining yarim finalida to'qnash kelib, penaltilar seriyasidagina ustun kelgandik. Bu safar esa kamroq kuch sarflab, o'yinni penaltilarga qadar olib bormasdan, zafar quchishga harakat qilamiz. Nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Turnirda favoritlar ko'p, jumladan, Braziliya, Ispaniya va Eron terma jamoalarini tilga olish mumkin. Biz o'zimizni favorit sifatida ko'rsatishni xohlamaymiz, balki shunchaki chempionlik uchun kurashuvchi jamoa deya bilishlarini xohlaymiz, chunki bizning mentalititimiz shunday. Hammasiga bosqichma-bosqich erishiladi", dedi birinchi gol muallifi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya guruhdagi barcha o'yinda g'alaba qozonib, peshqadam sifatida nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ushbu bosqichda Xorxe Braz shogirdlari Qozog'iston bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика