So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  1 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  4 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  8 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

Eplmanager: APLning 21-tur sharhi Yangiliklar

Eplmanager: APLning 21-tur sharhi

Teglar :  Eplmanager
Angliya Premer-ligasi ikkinchi davrasining 21-tur uchrashuvlari yakunlandi.

APLning navbatdagi turi "Tottenxem" hamda "Vest Bromvich" o'rtasidagi gollar shousi bilan boshlandi. Bahs qahramoni Xarri Keyn mehmonlar darvozasiga 3 ta gol urdi. "Vest Bromvich" himoyachisi Garet MakOli o'z darvozasini ishg'ol qilib hisob 4:0 bo'lishini taminladi.


"Byornli" o'z uyida "Sautgempton"ni qabul qildi. Uy uchrashuvlari qiroli bu bahsda ham ijobiy natijaga erishdi. Bartonning yagona goli mezbonlarga 3 ochko olib keldi.

"Vest Xem" nihoyat ishonchli g'alabaga erishdi. Ularning qurboni "Kristal Pelas" o'z darvozasidan 3 ta to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Feguli, Kerrol va Lansini o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'yishdi, Antonio esa uchchala golga assistent bo'ldi.

"Stok Siti" 21-turda "Sanderlend" mehmoni bo'ldi (3:1). "Sanderlend" Arnautovich (dubl) va Krauchlarning goliga Defoning yagona aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi.

"Suonsi" va "Arsenal" uchrashuvida mezbonlar va mehmonlar ikkitadan gol urishdi. Afsuski "oqqushlar" faqat o'z darvozalarini ishg'ol qila olishdi. Korka, Noton (avtogol), Jiru va Sancheslarning goli "to'pchilar"ga 4:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

"Uotford" va "Midlsbro" bahsida g'olib nomi aniqlanmadi. "Xall Siti" esa "Bornmut"ni 3:1 hisobida taslim etdi. Bu o'yinda Ernandes (dubl) va Mingz urgan gollar "yo'lbarslar"ga g'alaba keltirdi. Stanislas esa penaltidan gol urib, hisobdagi farqni qisqartirdi.

SHanbaning eng markaziy uchrashuvida "Lester Siti" va "CHelsi" o'zaro kuch sinashishdi. Amaldagi chempion hozirgi mavsum etakchisini qabul qildi. Uchrashuv "aristokratlar"ning yirik g'alabasi (0:3) bilan yakunlandi. Markos Alonso (dubl) va Pedro urgan gollar "CHelsi" hisobiga yana 3 ochko qo'shilishini taminladi.

Turning eng kutilmagan natijasi "Everton" - "Manchester Siti" bahsida qayd etildi. To'pga egalik qilish bo'yicha katta ustunlikka erishgan "shaharliklar" hisobda bunga erisha olishmadi. Aksincha, Liverpul shahri vakillari Bravo qo'riqlagan darvozani "o'qqa tutishdi". Lukaku, Miralyas, Devis va Lukamanning gollari tufayli bahs 4:0 hisobida yakunlandi.

Turning eng markaziy bahsi sifatida "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasidagi o'yin ko'rsatilayotgan edi. Joze Mourino va Yurgen Klopp shogirdlari bu bahsda durangga imzo chekishdi. Milner va Ibragimovichning gollari tufayli jamoalar 1 ochkodan bo'lishib olishdi.

Yangi sovrinli "17" ligasida 8 nafar o'zbekistonlik etakchilik qilmoqda. Ularga ikki Indoneziya vakillari qo'shilib olishgan.

Turdan eng ko'p ochko yig'a olgan jamoalar





Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Marcos Alonso (CHE) 18 points

2. Harry Kane (TOT) 17 points

3. Michail Antonio (WHU) 12 points

4. Kevin Mirallas (EVE) 11 points

5. Abel Hernández (HUL) 10 points

6. Marko Arnautovic (STK) 10 points

21-turda eng ko'p super-sardor sifatidan tanlangan futbolchilar:

1. Alexis Sánchez

2. Zlatan Ibrahimovic

3. Harry Kane

4. Dele Alli

5. Diego Costa

6. Eden Hazard

7. David de Gea

8. Olivier Giroud

9. Sergio Agüero

10. Jermain Defoe

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика