So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  263 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

EPLmanager: Angliya chempionati ettinchi turining sharhi Yangiliklar

EPLmanager: Angliya chempionati ettinchi turining sharhi

Angliya Premer-ligasining 7-tur uchrashuvlari ham o'z nihoyasiga etdi.

Ushbu turda kutilmagan natijalar qayd etildi. Manchester shahrining ikkala jamoasi ham ochko yo'qotdi, 5 ta uchrashuv durang bilan yakunlandi, beshta jamoa gol ura olmadi.

Yurgen Klopp shogirdlari "Suonsi" ustidan irodali g'alabaga erishdi. Mersisaydlar tarkibida Roberto Firmino eng yaxshi futbolchi (gol+assistent) bo'ldi.

Omadsizlik girdobiga tushib qolgan "Vest Xem" "Midlsbro"ni qabul qildi va jamoalar uchrashuvni 1:1 hisobida yakunlashdi. Dmitri Payet va Stuanining gollari ikkala jamoaga 1 ochkodan taqdim etdi.

"Uotford" - "Bornmut" (2:2), "Sanderlend" - "Vest Bromvich" (1:1), "Manchester Yunayted" - "Stok Siti" (1:1), "Lester - "Sautgempton" (0:0) uchrashuvlarida ham durang qayd etildi.

"Arsenal" bu turda "Byornli" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona gol 90-daqiqada Loran Koselni tomonidan urildi.

Londonning boshqa grandi "CHelsi" "Xall Siti"ni mehmonda taslim etdi. Villian va Diego Kosta o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ydi.

Turning markaziy o'yini "Tottenxem" - "Manchester Siti" uchrashuvi bo'ldi. Bu bahsgacha "shaharliklar" 6 uchrashuvda 6 ta g'alabaga erishgan edi. Uchrashuv boshida Kolarov Rouzning uzatmasini o'z darvozasiga burib qo'ydi, keyin esa Alli "Tottenxem"ning yana bir goliga mualliflik qildi. "SHporlar" yirik hisobda g'alaba qozonishi mumkin edi, ammo Lamela penaltidan unumli foydalana olmadi.

EPLMANAGERda turning eng yaxshi foydalanuvchilari Barsa9888 (O'zbekiston) va Cha (Tailand) bo'ldi. Ikkala jamoa egasi 90 ochkodan to'plashdi.

Ayni damda Galaxy ligada "Real 0620" 213 ochko bilan etakchilik qilmoqda.





Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Laurent Koscielny (ARS) 13 points

2. Hugo Lloris (TOT) 9 points

3. Roberto Firmino (LIV) 9 points

4. Diego Costa (CHE) 9 points

5. Claudio Bravo (MCI) 8 points


Super sardor sifatida eng ko'p tanlangan 5 futbolchi:

1. Zlatan Ibrahimovic

2. Alexis Sánchez

3. Sergio Agüero

4. Philippe Coutinho

5. Diego Costa

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика