So’nggi yangiliklar

08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  2 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  2 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  6 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  19 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  0 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  2 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  4 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  9 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  4 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   16 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияда машғулотларни давом эттирмоқда  3

"EPL Manager": Sakkizinchi tur sharhi Yangiliklar

"EPL Manager": Sakkizinchi tur sharhi

Angliya Premer-ligasi hamda EPLmanager sovrinli ligasining 8-turi yakuniga etdi.

8-tur uchrashuvlarini "CHelsi" - "Lester Siti" bahsi ochib berdi. Premer-liganing amaldagi chempioni birinchi etti turda bor-yo'g'i 7 ochko ishladi va navbatdagi bahs ham "tuliklar"ning mag'lubiyati bilan yakunlandi. Antonio Konte jamoasi Klaudio Raneri shogirdlarini 3:0 hisobida taslim etdi. Diego Kosta, Azar va Viktor Mozeslar o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

"Bornmut" va "Xall Siti" uchrashuvida kutilmagan natija qayd etildi. "Olchalar" "Xall" darvozasiga 6 ta gol urishdi, mehmonlar esa bor-yo'g'i bitta gol bilan javob qaytarishdi.

Maurisio Pochettinoning "Tottenxemi" chempionatdagi uchinchi durangni qayd etdi. 80 daqiqalik golsiz o'yindan so'ng, Nosir SHadli hisobni ochdi. "SHpor"lar yarim himoyachisi Dele Alli esa hisobni tenglashtirdi va jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi.

"Arsenal" esa ajoyib formada. Arsen Venger shogirdlari "Suonsi"ni qiyinchilik bilan mag'lub etishdi (3:2).

"Manchester Siti" hamda "Everton" o'rtasidagi bashda Martin Stekelenburg uchrashuvning asosiy qahramoniga aylandi. U Serxio Aguero va Kevin De Bryuynening 11 metrlik zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. O'yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Turning eng kutilgan uchrashuvi "Liverpul" - "Manchester Yunayted" bahsi edi. Yurgen Klopp shogirdlari o'yinda ustunlik qilishdi, ammo David De Xeaning seyvlari qizillar gol urishiga imkon bermadi. Uchrashuvda nursiz durang qayd etildi.

8-tur bilan birga "EPLMANAGER"da yana bir sovrinli liga ham o'z yakuniga etdi. "Galaxy League" g'olibi Indoneziyadan "Oplet" jamoasi egasi bo'ldi. U o'zbekistonlik "Shaxiiiii" bilan teng ochko to'pladi, ammo sayt qoidalariga ko'ra indoneziyalik g'olib deb topildi (gollar soni bo'yicha).

Kuchli o'nlikdagi eng ko'p jamoa O'zbekistondan bo'ldi.


Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Junior Stanislas (BOU) 15 points

2. José Holebas(WAT) 13 points

3. Joe AllenSTK 13 points

4. Maarten Stekelenburg(EVE) 13points

5. Theo Walcott(ARS) 12 points


Super-sardor sifatida eng ko'p tanlangan 5 futbolchi:

1. Sergio Agüero

2. Diego Costa

3. Alexis Sánchez

4. Zlatan Ibrahimovic

5. Son Heung-Min

6. Philippe Coutinho

7. Theo Walcott

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика