So’nggi yangiliklar

00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  0 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  13 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  118 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  2 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  1 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2

EPL Manager: 17-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 17-tur sharhi

Teglar :  Eplmanager
Angliya Premer-ligasida 17-tur uchrashuvlari yakunlandi va EPL Manager fentezi-futbol turnirida ham o'zgarishlar yuz berdi.

APLning 17-tur bahslarini "Kristal Pelas" - "CHelsi" o'yini ochib berdi. Antonio Konte shogirdlari bu bahsda ham kichik hisobda g'alabaga erishib, omadli seriyani davom ettirishdi. "Aristokratlar"ning yagona goli 44-daqiqada Diego Kosta tomonidan kiritildi.

"Midlsbro" bu turda "Suonsi"ni qabul qildi va mehmonni gollar bilan "siyladi". Alvaro Negredo (dubl) va Merten De Run urgan gollarga "oqqushlar" javob bera olishmadi.


"Stok Siti" o'tgan turda "Bornmut"dan mag'lub bo'lgan "Lester Siti"ga qarshi o'ynadi. 28-daqiqada hakam qo'pollik uchun Jeymi Vardiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. Bu ustunlik bilan "Stok Siti" bo'lim oxirigacha 2 ta gol urdi (Krkich, Allen). Ikkinchi bo'limda "tulkilar" o'ziga kela boshladi. Avvaliga Leonardo Ulloa hisobni qisqartirdi, bahs asosiy vaqti yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida Amarti gol urib, o'z jamoasi 1 ochko sovg'a qildi.

Avvalgi turda "CHelsi"ga munosib qarshilik ko'rsatib, ammo 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan "Sanderlend" "Uotford"ni qabul qildi. Bahsdagi yagona golga "qora mushuklar" himoyachisi Patrik van Anxolt mualliflik qildi. Eplmanagerda ushbu futbolchini olgan bazi foydalanuvchilar 13 ochko ishlashdi.

Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bu safar "bolg'aurarlar"dan "Xall Siti" jabr ko'rishdi. Mark Noblning penaltisi "Vest Xem"ga 3 ochko taqdim etdi.

"Manchester Yunayted" asta-sekin o'ziga kelmoqda. Joze Mourino shogirdlari 17-turda "Vest Bromvich" mehmoni bo'lishdi va raqib darvozasiga 2 ta gol urishdi. Zlatan Ibragimovich 2 ta gol va sariq kartochka bilan EPLMANAGER foydalanuvchilariga 9 ochko ishlab berdi. David de Xea esa o'z darvozasini "quruq" saqladi.


Elkasidan jarohat olgan CHarli Ostinsiz qolgan "Sautgempton" "Bornmut" mehmoni bo'ldi. "Avliyolar" safida Ostinga munosib o'rinbosar topildi. Jey Rodriges ushbu bahsda 2 ta gol urib, "Sautgempton"ning g'alabasini taminladi. Natan Ake va Rayan Bertranlarning goli bilan bahs 1:3 hisobida "Bornmut"ning mag'lubiyat bilan yakunlandi.

"Manchester Siti" bu turda "Arsenal"ni qabul qildi. Tezkor gol "to'pchilar" hujumchisi Teo Uolkott tomonidan kiritildi. Xosep Gvardiola tanaffusda o'z shogirdlariga kerakli so'zlarni topa oldi. Leroy Sane va Raxim Sterling urgan gollar "shaharliklar" irodali g'alabaga erishishini taminladi.

"Tottenxem" "Byornli"ga qarshi bahsda birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordi. Eshli Barnsning golidan 5 daqiqa o'tib Dele Alli javob qaytardi. Denni Rouz ikkinchi bo'limda gol urdi va o'yin 2:1 hisobida "shporlar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

Dushanba kuni tunda APL 17-turining so'nggi bahsi bo'lib o'tdi. Mersisayd derbisiga bu safar "Everton" mezbonlik qildi. Uchrashuv asosiy vaqtida gol kiritilgani yo'q. Sadio Mane qo'shib berilgan daqiqalarda gol urib, jamoasi APL turnir jadvalida 2-o'ringa chiqib olishiga yordam berdi.

"EPLMANAGER"ning bu turida indoneziyalik "Serongga FC" 92 ochko to'plab, eng ko'p ochko to'plagan jamoa egasiga aylandi.


Turning eng yaxshi futbolchilari:



17-turda super-sardor sifatida eng ko'p tanlangan futbolchilar:

1. Diego Costa
2. Harry Kane
3. Alexis Sánchez
4. Christian Eriksen
5. Zlatan Ibrahimovic
6. Eden Hazard
7. David de Gea
8. Sadio Mané
9. Adam Lallana
10. Thibaut Courtois

Eplmanager: Yangi sovrinli ligalar ishga tushdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика