So’nggi yangiliklar

11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  5 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  9 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  4 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  28 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  24

EPL Manager: 16-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 16-tur sharhi

Teglar :  Eplmanager
Angliya Premer-ligasida 16-tur uchrashuvlari yakunlandi va EPL Manager fentezi-futbol turnirida ham o'zgarishlar yuz berdi.

APLning 16-tur bahslari "Bornmut" - "Lester Siti" hamda "Everton" - "Arsenal" uchrashuvlari bilan boshlandi. Toshkent vaqti bilan yarim tunda boshlangan bahslarda kutilmagan natijalar qayd etildi. "Bornmut" o'z uyida "Lester Siti"ni kichik hisobda taslim etdi. Mezbonlarning yagona goliga Mark Pyu mualliflik qildi.

"Everton" - "Lester Siti" uchrashuvida Aleksis Sanches hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxirida SHeymus Koulmen jamoalar tanaffusga durang bilan chiqib ketishini taminladi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Eshli Uilyams katta sahnaga chiqdi. "Everton" himoyachisi Fil Jagielka 90-daqiqada ikkinchi sariq kartochka olganiga qaramay, mezbonlar g'alabani qo'ldan chiqarishmadi.

"Vest Xem"ning omadsizliklari yakunlangan ko'rinadi. O'tgan turda "Liverpul" bilan durang qayd etgan "bolg'aurarlar", mehmonda himoyadan chiqmaydigan "Byornli"ni qabul qilishdi. Birinchi bo'lim oxirida "Vest Xem" penalti ishladi. 11 metrlik jarima zarbasini Mark Nobl muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi, ammo qaytgan to'pni xuddi shu futbolchi golga aylantirdi. Ushbu gol uchrashuvda yagona bo'lib qoldi va Slaven Bilich shogirdlari uzoq kutilgan g'albaga erishishdi.


"CHelsi" omadli yurishini davom ettirmoqda. Bu safar Antonio Konte futbolchilari "Sanderlend" mehmoni bo'lishdi. Sesk Fabregas urgan gol "aristokratlar"ga 3 ochkoni taqdim etdi.

"Midlsbro" 16-turda 2 ta turdan beri g'alaba qozona olmayotgan "Liverpul"ni qabul qildi. Yurgen Klopp shogirdlari bu safar o'z maqsadlariga erishishdi. Adam Lallana (dubl) va Divok Origining gollariga "Midlsbro" futbolchilari javob bera olishmadi.

So'nggi uchrashuvlarda ko'p gol o'tkazib yuborayotgan "Kristal Pelas" bu safar ham darvozasini "quruq" saqlay olmadi. "Burgutlar" darvozasini Pol Pogba va Zlatan Ibragimovich bittadan aniq nishonga oldi. "Kristal Pelas" safida Jeyms MakArtur o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi va bahs 1:2 hisobida MYUning g'alabasi bilan yakunlandi.

"Vest Bromvich" 16-turda "Suonsi"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlarning uchchala goliga Salomon Rondon mualliflik qildi. "Suonsi"ning yagona goli Ueyn Rautlej tomonidan kiritildi.


Sentyabr oyidan beri "Etixad" g'alaba qozona olmayotgan "Manchester Siti" bu safar vazifani uddaladi. "Uotford"ga qarshi bahsda Pablo Sabaleta va David Silvalarning goli "shaharliklar"ga 3 ochko olib keldi.

"Stok Siti" va "Sautgempton" o'rtasidagi bahs nursiz durang bilan yakunlandi. Uchrashuvning 24-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Marko Arnautovich chetlatilganidan so'ng ham "avliyolar" bir kishi kam bo'lgan raqibi darvozasiga gol ura olmadi.

"Tottenxem" bu turda "Xall Siti" yirik hisobda taslim etdi. Kristian Eriksen (dubl) va Viktor Vanyamalarning goliga mehmonlar javob bera olishmadi.

EPLMANAGER fentezi-futbol o'yinida bu tur eng ko'p ochko ishlagan "lady rose fc" bo'ldi. U 16-turda 108 ochko to'pladi.


16-turda eng ko'p super-sardor sifatida tanlangan futbolchilar:

1. Diego Costa

2. Harry Kane

3. Alexis Sánchez

4. Eden Hazard

5. Sadio Mané

6. Zlatan Ibrahimovic

7. David de Gea

8. Mesut Özil

9. Jamie Vardy

10. Christian Eriksen


16-turda ko'p ochko to'plagan futbolchilar: 

1.Salomon Rondon - 17

2.Adam Lallana - 16

3.Kristian Eriksen - 13

4.Pablo Sabaleta - 11

5.Mark Pyu - 9

6.Divok Origi - 9

7.Sesk Fabregas - 9

8.Nataniel Klayn - 9

9.Pol Pogba - 9

10.Zlatan Ibragimovich - 9



SaytimizningFacebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика