So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  1 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  4 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  8 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

EPL Manager: 15-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 15-tur sharhi

Angliya Premer-ligasida 15-tur uchrashuvlari yakunlandi.

SHanba kungi barcha o'yinlarda kamida 3ta gol urildi.

Tur "Uotford" hamda "Everton" o'rtasidagi bahs (3:2) bilan boshlandi. Ikkala klub ham g'alaba uchun borini berib harakat qildi, ammo mezbonlarga omad kulib boqdi. Okaka CHuka va Romelu Lukaku dublga erishdi, himoyachi Sebastyan Prodl esa o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.


"Xall Siti" - "Vest Bromvich" uchrashuvida (3:3) haqiqiy triller bo'ldi. 6 ta golning 3 tasi 70 va 80-daqiqalar orasida urildi. Mezbonlardan Snodgrass, Diomande va Livermor o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi, mehmonlardan esa Benteke, Zaa va Kempbell.

"Suonsi" o'z maydonida "Sanderlend"ni 3:0 hisobida taslim etdi. Sigurdsson va Lorente (dubl) tabloga o'z ismini yozdirdi. Devid Moyes jamoasi o'yinida yana pasayish kuzatilmoqda.

CHempionlik uchun kurashayotgan "Arsenal" juda yaxshi formada. "To'pchilar" "Stok Siti"ga qarshi bahsda raqibni ishonchli hisobda (3:1) mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdagi hisobni mehmon jamoa vakili CHarli Adam ochdi, ammo Venger shogirdlari birinchi bo'lim oxirida Uolkott goli evaziga taymni durang bilan yakunladi. Ikkinchi bo'limda Ozil va Ivobi kiritgan gollar jamoaga navbatdagi g'alabani taqdim etdi.

"Byornli" o'z maydonida "Bornmut"dan ustun keldi (3:2). Mezbonlar safida Xendrik, Uord va Boyd gol urdi, "olchalar"dan esa Afobe va Deniels.

Turning eng kutilmagan natijasi "Lester Siti" - "Manchester Siti" bahsida qayd etildi. Premer-liganing amaldagi chempioni turnir g'olibligi uchun asosiy davogarlardan bo'lgan Xosep Gvardiola jamoasini taslim etdi. Vardining xet-trigi "tulkilar"ga 3 ochko olib keldi. King ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. "SHaharliklar" safida Kolarov va Nolito gol urdi.


"CHelsi" "Stemford Brij"da "Vest Bromvich"ni qabul qildi. Mehmonlarning "avtobusi"ni Diego Kosta yorib o'tdi. U uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi.

"Sautgempton" va "Midlsbro" bahsida kichik hisob qayd etildi. Sofian Bufalning yagona goli "avliyolar"ga g'alaba olib keldi.

"Manchester Yunayted" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi turning markaziy bahsida mankunianlar g'olib bo'ldi. Asta-sekin formaga kirib borayotgan Mxitaryan bu uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi, ammo u jarohat tufayli o'yinni yakunlay olmadi.

15-tur "Liverpul" - "Vest Xem" bahsi bilan yakunladi (2:2). Lallana, Origi, Payet va Antoniolarning gollari uchrashuv durang bilan yakunlanishini taminladi va Bilichga yana bir o'yin o'tkazish imkoniyati berildi.

Eplmanager fentezi-futbol turnirida "Rascal FC" (Indoneziya) 105 ochko to'plab, turning eng yaxshifoydalanuvchisi bo'ldi.


Ushbu fentezi-futbol o'yinida navbatdagi sovrinli liga, Jet Black yakunlandi va ikki o'zbekistonlik qimmatbaho sovrinlar egasiga aylandi.

1. fc Bale Ronaldo (O'zbekiston) 293 ochko

2. DHEWWA10 FC 292 (Indoneziya)

3. Sarvar 7570 284 (O'zbekiston)


Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Jamie Vardy(LEI) 17 points

2. Wilfried Zaha (CRY) 13 points

3. Gylfi Sigurdsson (SWA) 11 points

4. Romelu Lukaku (EVE) 10 points

5. Fernando Llorente (SWA) 10 points

6. Stefano Okaka (WAT) 10 points


Turda eng ko'p super-sardor sifatida tanlanganlar:

1. Alexis Sánchez

2. Eden Hazard

3. Diego Costa

4. Mesut Özil

5. Sadio Mané

6. Zlatan Ibrahimovic

7. Ben Foster

8. David de Gea

9. Roberto Firmino

10. Harry Kane

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика