So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

EPL Manager: 13-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 13-tur sharhi

Angliya Premer-ligasida 13-tur uchrashuvlari yakunlandi.

APLning 13-tur uchrashuvlarini "Byornli" - "Manchester Siti" bahsi (1:2) ochib berdi. Pep Gvardiola shogirdlari irodali g'alabaga erishishdi. Aguero Marnining goliga dubl bilan javob berdi.

"Liverpul" "Enfild"da "Sanderlend"ni qabul qilib, ularni ishonchli hisobda mag'lub etishdi. Origi va Milner o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'yishdi.

"Lester" va "Midlsbro" o'rtasidagi bahsda jamoalar 1 ochkodan bo'lishib olishdi. "Tulkilar" Negredoning dubliga 2 ta penalti bilan javob bera olishdi.

"Suonsi" - "Kristal Pelas" bahsi turdagi eng ko'p gol urilgan uchrashuv bo'ldi (5:4). "Oqqushlar" safida Fer, Lorente va Siggurdson gol urgan bo'lsa, "burgutlar"dan Zaa, Tomkins va Benteke o'z hisobini tabloga yozdirib qo'ydi. Kork ushbu bahsda o'z darvozasini ishg'ol qildi.

"Xall Siti" "Vest Bromvich" bilan murosa ko'chasini tanladi (1:1). "Yo'lbarsalar" safida golni Douson urgan bo'lsa, Garet Makoli hisobni tenglashtirdi.

Turning markaziy uchrashuvida "CHelsi" "Stemford Brij"da "Tottenxem"ni qabul qildi. Kristian Eriksen "shporlar"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, Pedro va Mozesning gollari "aristokratlar"ga irodali g'alaba taqdim etdi.

"Uotford" - "Stok Siti" bahsi 0:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol Eurelio Gomes hisobiga yozildi. Uning avtogoli tufayli "Stok Siti" muhim 3 ochkoga erishdi.

CHempionlik uchun davogarlardan biri bo'lgan "Arsenal" o'z maydonida "Bornmut"ni 3:1 hisobida taslim etdi.

"Sautgempton" "Everton"ga qarshi bahsda g'alabaga erishdi. Uchrashuvdagi yagona gol CHarli Ostin hisobiga yozildi.

Angliya chempionatining 13-tur o'yinlari "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" uchrashuvi bilan yakunlandi. Sako va Ibragimovichlarning goli uchrashuv durang bilan yakunlanishini taminladi.

EPLMANAGER saytida iJet ligasi o'z yakuniga etdi va unda "Superstarsdoniy" birinchi o'rinni egalladi. Ushbu ligadagi sovrinli 3 ta o'rin ham o'zbekistonliklarga nasib etdi: 2-o'rin "Buyuk yurt o'g'loni, 3-o'rin "UmidXalmatov13".

13-turda eng ko'p ochko yiqqan jamoa "gepsick" bo'ldi.


Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Leroy Fer (SWA) 12 points

2. Gylfi Sigurdsson (SWA) 10 points

3. Wilfried Zaha (CRY) 10 points

4. Alexis Sánchez (ARS) 9 points

5. Sergio Agüero (MCI) 9 points

6. Fernando Llorente (SWA) 9 points


Eng ko'p super-sardor sifatida tanlangan 10 futbolchi:

1. Philippe Coutinho

2. Eden Hazard

3. Roberto Firmino

4. Diego Costa

5. Sergio Agüero

6. Sadio Mané

7. Alexis Sánchez

8. Kevin De Bruyne

9. Mesut Özil

10. David de Gea



EPLMANAGER saytida 14-turdan yangi sovrinli liga start olmoqda. 14-turdan 18-turgacha davom etadigan iPlay ligasid ishtirokchilari quyidagi sovrinlarni yutib olishlari mumkin:

1.iPhone 7 Jet Black 128GB

2.PlayStation 4 Slim 1TB

3.PlayStation 4 Slim 500GB


Ro'yxatdan o'tib sovrinlarni qo'lga kiriting: EPLMANAGER

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика