So’nggi yangiliklar

21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  2 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:55ОЧЛ-2. "Ал Аҳли" - "Андижон" 1:0 (матнли трансляция)  51 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  0 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  23 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0

EPL Manager: 11-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 11-tur sharhi

Teglar :  APLEplmanager
championat.asia saytida Angliya premer-ligasining 11-tur sharhi va EPL Manager fentezi-futbolining hafta yakunlari.
"Bornmut" va "Sanderlend" o'rtasidagi o'yin (1:2) Devid Moyes uchun klubdagi oxirgi bahs bo'lishi mumkin edi. Agar uning jamoasi bu turda ham mag'lub bo'lganida Moyes klubdan ketishi haqida xabarlar chiqqandi. Biroq uning shogirdlari safarda "Bornmut"ni taslim qilishdi. Hisobni mezbonlar vakili Gosling ochdi. Ammo Anichebe va Defo gol urib Moyesning yana kamida bitta tur xotirjam uxlashini taminlab berishdi.

"Byornli" va "Kristal Pelas" o'zaro o'yinda muxlislarga beshta gol taqdim etishdi. Mezbonlar safida Vouks, Gudmundsson va Barns o'zini ko'rsatdi, "burgutlar" safida esa Uikxem va Benteke o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

"Vest Xem" bir maromda o'ynay olmayapti. Bu safar "bolg'aurarlar" o'z uyida "Stok Siti"ni qabul qilishdi. Uelanning avtogoli evaziga hisob ochildi, ammo ko'p o'tmay mehmonlar hujumchisi Krkichning urgan goli jamoalarga bir ochkodan taqdim etdi.

"Vest Bromvich"ni yirik hisobda mag'lub etgach va "Barselona" ustidan irodali g'alabaga erishgan "Manchester Siti" osonlik bilan "Midlsbro"ni engishi taxmin qilingan edi (1:1). Pep Gvardiola shogirdlari 43-daqiqada Aguero tomonidan urilgan goli evaziga g'alaba qozonishlari mumkin edi, ammo 90-daqiqada de Ron to'p kiritib "shaharliklar"ning faqat bir ochko olishlariga sababchi bo'ldi.

"CHelsi" - "Everton" (5:0) o'rtasidagi bahs "aristokratlar"ning yirik g'alabasi bilan yakuniga etdi. Ronald Kuman  jamoasi himoyachilari bu turga qadar yaxshi o'ynab kelayotgandi, biroq Antonio Konte boshchiligidagi "ko'klar" Martin Stekelenburg qo'riqlayotgan darvozasiga beshta gol urishnin uddasidan chiqishdi. Azar dublga erishdi, Markos Alonso, Pedro va Diego Kosta bir martadan o'zlarini ko'rsatishdi.  

Turning markaziy o'yinida Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari (1:1) to'qnash kelishdi. Mezbonlarning hujumi, mehmonlarning himoyasi juda ham kuchli hisoblanadi. Dastlab hisobni "kannonirlar" Vimmerning avtogoli evaziga oldinga chiqib olishdi, tanaffusdan keyin Xarri Keyn penaltidan gol urdi. Teng o'tgan bahsdagi durang adolatli natija bo'ldi.

"Liverpul" "Uotford"ni tor-mor etdi (6:1). "Mersisaydliklar" safida Koutinyu, Jan, Firmino, Veynaldum va ikki marta Mane gol urishdi. Mehmonlar safidagi yagona javob to'pi Yanmat hisobiga yozildi. Ushbu g'alabadan so'ng raqobatchilari ochko yo'qotgani uchun Yurgen Klopp shogirdlari birinchi o'ringa chiqib olishdi.

"Xall Siti" "Sautgemton"ni mag'lub etdi (2:1). Mezbonlar safida Snodgrass va Douson gol urishdi. "Soton" safida Ostin o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Endi "tigrlar" 17-o'ringa yaqinlashib olishdi.

"Manchester Yunayted" nihoyat chempionatda ishonchli g'alabani tantana qildi. Jamoa "Suonsi"ni safarda taslim qildi (3:1). Pogbaning goli va Ibragimovichning dubli bahs taqdirini hal qildi. Van der Xornning De Xea darvozasiga urgan goli faqat hisobni qisqartirdi xolos. 

"Lester" o'z uyida "Vest Bromvich"ni mag'lub eta olmadi (1:2), amaldagi chempion xavfli zonaga yaqinlashib oldi. Morissonning goliga "tulkilar" Slimanining goli bilan javob berishdi, ammo Fillips gol urib mehmonlarga g'alaba keltirdi.

eplmanager.com saytida IPro liga o'z yakuniga etdi, unda O'zbekistonda tuzilgan "Arteam" jamoasi g'olib bo'ldi (304 ochko). Qolgan ikkita o'rin sohibi ham aynan o'zbekistonlik - "ANDIJON 3125" (287) va "Ahror BEK" (281).

Kuchli o'nlikka O'zbekistondan beshta, Kambodjadan bitta, Malayziyadan bitta va Indoneziyadan uchta jamoa kirdi.


Turning eng yaxshi futbolchilari:
1. Sadio Mané (LIV) 13 ochko
2. Eden Hazard (SHE) 13 ochko
3. Roberto Firmino (LIV) 12 ochko
4. Pedro (CHE) 12 ochko
5. Marcos Alonso (CHE) 12 ochko

Super-kapitan etib tayinlangan Top-10 futbolchilar:
1. Sergio Agüero
2. Philippe Coutinho
3. Diego Costa
4. Eden Hazard
5. Alexis Sánchez
6. Kevin De Bruyne
7. Roberto Firmino
8. Ilkay Gündogan
9. Romelu Lukaku
10. Zlatan Ibrahimovic
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика