So’nggi yangiliklar

20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:55ОЧЛ-2. "Ал Аҳли" - "Андижон" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  18 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  0 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  21 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  2 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  1 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  18

EPL Manager: 10-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 10-tur sharhi

Teglar :  Eplmanager
29-31 oktyabr kunlari Angliya Premer-ligasining 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

10-tur o'yinlarini "Sanderlend" - "Arsenal" uchrashuvi ochib berdi. Bu bahsda "to'pchilar" 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Aleksis Sanches va Olive Jiruning dubli londonliklarga g'alaba keltirdi. Mezbonlar safida Jermeyn Defo o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Xavfli hududda bo'lgan "Midlsbro" nihoyat g'alabaga erishdi. "Bornmut" Aytor Karanka jamoasiga ochko ulashdi.

"Tottenxem" "Uayt Xart Leyn"da "Lester Siti"ni qabul qildi. "Tulkilar" bu safar kuchli jamoaga qarshi ochko ola bildi. Yanssen va Musaning gollari uchrashuv 1:1 hisobida yakunlanishini taminladi.

"Manchester Yunayted" ketma-ket to'rtta turda g'alabaga erisha olmayapti. Bu safar mankunianlar "Old Trafford"da "Byornli"ni qabul qildi. Tom Xitonning ajoyib seyvlari tufayli bahs golsiz durang bilan yakunlandi. Mezbonlar raqib darvozasiga 37 ta zarba berdi.

"Uotford" uyida "Xall Siti"ni taslim etdi (1:0). Uchrashuvdagi yagona gol "Xall Siti" futbolchisi Douson (avtogol) nomiga yozildi.

"Manchester Siti" mehmonda "Vest Bromvich"ni yirik hisobda mag'lub etdi (4:0) va turnir jadvalida birinchi o'rinni saqlab qoldi.

"SHaharliklar"ning raqobatchisi "Liverpul" 10-turda "Kristal Pelas" darvozasiga 4 ta gol urdi. Londonliklar ham qizillarning goliga jim qarab turmadi va ikki marotaba javob berishga muvaffaq bo'ldi.

Kumanning "Evertoni" ochko to'plashda davom etmoqda. Bu safar ular "Vest Xem"ni taslim etishdi (2:0).

"CHelsi" yakshanba kuni "Sautgempton"ga qarshi o'ynadi va Azar va Diego Kostaning goli tufayli 3 ochkoga ega bo'ldi.

Tur "Stok Siti" hamda "Suonsi Siti" o'yini (3:1) bilan yakunlandi. Mark Xyuz shogirdlari Mouson va Bonining gollari tufayli bu bahsda 3 ochko ishlab olishdi.


"XURSANDLIK MFK" jamoasi 98 ochko bilan turning eng yaxshisiga aylandi. Bunda Tom Xiton va Serxio Agueroning xissasi katta.

"iPro" ligasida "Arteam" jamoasi 218 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Keyingi o'rinlarni "ANDIJON 3125" (217 ochko) va "Jeng Jeng Jeng" (199 ochko) egallab turibdi.

Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Ilkay Gündogan (MCI) 16 points

2. Sergio Agüero (MCI) 13 points

3. James McArthur (CRY) 12 points

4. Eden Hazard (CHE) 11 points

5. Tom Heaton (BRN) 10 points


Super-sardor sifatida eng tanlangan o'yinchilar:

1. Alexis Sánchez

2. Philippe Coutinho

3. Romelu Lukaku

4. Diego Costa

5. Zlatan Ibrahimovic

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика