So’nggi yangiliklar

01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  0 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  19 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6

Enrike Serezo: Hozirgi tarkib eng zo'ri Yangiliklar

Enrike Serezo: Hozirgi tarkib eng zo'ri

Atletiko klubi prezidenti sifatida 14-mavsumni qarshi olayotgan Enrike Serezo ayni kundagi tarkibdan mutlaqo xotirjam.

Harqalay, uning fikricha, matraschilar joriy yozda tarkib bo'yicha olganda, eng jiddiy vazifalarni bajarishga qodir holatga kelishgan. Atletikoning ayni tarkibi so'nggi yillardagi eng kuchlisi va jamoadan yaxshi natijalar kutsak bo'ladi,- dedi Enrike Serezo ispan matbuotiga bergan oxirgi intervyusida.

- Atletikoning bo'lajak mavsum uchun shakllantirilgan tarkibini qanday tavsiflaysiz?

- O'ta ajoyib jamoa yig'ildi. Ochig'i, bugun vujudga kelgani Atletikoning oxirgi yillardagi eng kuchli tarkibi, menimcha. Qarang, kiyinish xonasi buyuk futbolchilar bilan to'la. Ular chinakam professional va tabiatan mudom muvaffaqiyatga intilishadi. Yani bu xislat qon-qonlariga singib ketgan.

- Etiborlisi, joriy yoz ispan klublari orasida transferlar uchun eng ko'p mablag'ni aynan Atletiko sarfladi. Aniqroq aytsak, xarajatlar miqdori 80 mln. evrodan oshib ketdi.


- Biz doimo murabbiylar maslahatlariga quloq tutib, ish ko'ramiz. Xullas, kuchaytirilishi lozim bo'lgan poziciyalar uchun futbolchi sotib olishga urindik. Biroq  byudjetimizga mos kelmaydigan xaridlarga qo'l urmaymiz.

- Kevin Gameyro - yoz mavsumining bosh transferimi?


- Gameyro - saviyasi baland futbolchi va uni safimizga qo'shib olganimizdan xursandmiz. Muhimi, avvalo, Kevinning o'zi Atletikoga o'tishni istadiki, shunisi maqul tushdi. Umuman, gap o'tgan mavsum Sevilyada 30ta gol urib, qanday hujumchi ekanligini ko'rsatib qo'ygan futbolchi haqida ketyapti - buni unutmaslik kerak.

- Diego Kostaning qaytishi xususida tinmayotgan gap-so'zlar masalasida nima deya olasiz?


- Kosta CHelsi bilan tuzgan shartnomasiga hurmat bilan yondashishga majbur. Ishonchim komil, u hali o'z so'zini aytadi.

- Gaytanni sotib olish tashabbusi ham Simeonedan chiqdimi?


- Qaytaraman, qaysidir o'yinchi bilan muzokara boshlashdan oldin albatta, murabbiylar fikrini inobatga olamiz. Aslida Evropadagi top-klublarning yarmi Kopa Amerikada yorqin o'ynagan Gaytanga davogar edi. Qolaversa, argentinalik yigit o'tgan mavsum Visente Kalderonda Atletikoga qarshi to'p surganlar orasida eng yaxshi futbolchi bo'lgandi.

 - Lusiano Vetto ijara sharti asosida Sevilyaga berildi. Vaholanki, klub avvalgi mavsum uning uchun naq 22 mln. evro to'lagandi.


- Kelishuvdan ko'zlangan maqsad tayin - futbolchiga o'yin amaliyotini taminlash. Lusianoning safimizga La-liga bosh yulduzlaridan biri sifatida qaytishiga shubham yo'q.

- Fernando Torres Atletikoda qoladimi?


- Albatta, axir uning tomirida klubimiz qoni oqyapti. Torres bilan hamkorlik har ikki tomon uchun o'ta manfaatli. SHunday ekan, u jamoamizda o'zi ketishni ixtiyor etmaguncha qolishi mumkin.

 - Evro-2016 Oltin butsasini qo'lga kiringan Antuan Grizmanning supermavsumiga ham to'xtalsangiz.


- U daho. Ishontirib aytamanki, Antuan bu yil Oltin to'pga ham davogarlik qiladi.

- Mavsum davomida butun Evropa miqyosida eng kam gol qo'yib yuborgan Yan Oblakni qanday tariflaysiz?


- Oddiy: Oblak - jahondagi eng kuchli golkiper.

- Umuman, Atletiko bo'lajak mavsumda nimalardan umidvor?


- Mavjud 3ta turnir - La-Liga, Kopa del Rey (Ispaniya kubogi)  va CHLda g'alaba uchun kurashmoqchimiz. Xullas, 3ta sovrinni ham yutish niyatimiz bor. Ayniqsa, CHLda shohsupaga ko'tarilish vazifasiga jiddiy qaraymiz.

- Mavsumning o'zi Atletiko uchun alohida ahamiyat kab etadi. Zero, jamoangiz Visente Kalderondagi 50 yillik hayotdan so'ng yangi stadionga ko'chib o'tadi.


- Qadrdon stadionimiz bilan munosib xayrlashish uchun ham sovrinlarga ega chiqishimiz kerak.


A. AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика