Enrike: "Agar Ispaniya yuta olmasa, Argentina va Messi JCH-2022 g'olibi bo'lishini istayman"
19 noy 2022 08:32
Yangiliklar


Enrike: "Agar Ispaniya yuta olmasa, Argentina va Messi JCH-2022 g'olibi bo'lishini istayman"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Argentina va Messi haqida gapirdi.
"Agar biz jahon chempionatida g'alaba qozona olmasak, Argentina chempion bo'lishini istardim. Leo Messi - jahon darajasidagi futbolchi. U o'zi uchun so'nggisi bo'ladigan jahon chempionatini g'alaba bilan yakunlashi kerak. Garchi, u keyingi JCHda ham o'ynay oladi deb hisoblasamda. Ammo men jahon chempionatida Ispaniya g'olib bo'lishini istayman", - dedi Enrike.
O’xshash yangiliklar
08:30
"O'zbekistonda qolsam, "Bunyodkor"dan boshqa jamoaga o'tmasdim" - Luis Kachorri bilan intervyu 3

Fikrlar