Eng yaxshi gol mukofoti egasi kibersport tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlandi
30 iyu 2016 10:04
Yangiliklar
Eng yaxshi gol mukofoti egasi kibersport tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlandi
FIFA talqiniga ko'ra 2015 yilning eng yaxshi goli egasi, "Villa Nova" futbolchisi Vendell Lira kibersport tufayli faoliyatini yakunlandi.
O'yinchining so'zlariga ko'ra, u "YouTube"da shaxsiy kanalini ochib, FIFA bo'yicha jahon chempioni bo'lmoqchi.
"Bu qarorni qabul qilishim uchun bazi sabablar bor. Operaciyadan so'ng jiddiy muammolar boshlandi. Futbolda meni yolg'on va ifloslik qurshab oldi. Kutilmaganda yaratgan menga eng yaxshi gol sovrinini berdi".
Vendell Liraning takidlashicha, unga ko'plab klublar yordam qo'lini uzatmoqchi bo'ldi, ammo u yakuniy qarorni qabul qildi.
"Men boshqa futbol o'ynamasligimni va o'zimni sevgan ishimga bag'ishlashni istashimni aytdim" - deydi braziliyalik.
Vendell Lira 2015 yil yakuniga ko'ra eng chiroyli gol uchun Ferenc Pushkash sovrinini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar