“Eng tez liga”. SHomurodov navbatdagi o'yinni o'tkazdi
05 apr 2020 20:05
Yangiliklar


“Eng tez liga”. SHomurodov navbatdagi o'yinni o'tkazdi
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.
RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda.
“Rostov” sharafini himoya qilayotgan Eldor SHomurodov navbatdagi uchrashuvni “Ufa” azosi Artyom Golubevga qarshi o'tkazib, minimal hisobda (0:1) imkoniyatni boy berdi.
Eldor bugunga qadar 6ta bahs o'tkazib, ularning 2tasini durangga erishdi. Qolgan 4 bellashuvda esa SHomurodov muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Rostov (SHomurodov) – Ufa (Golubev) 0:1 (0:0, 0:1)
«PES 2020»
Gol: 0:1 – 77 Aliev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar