Eng sodiq futbolchilar. Messi uchinchi o'rinda
21 noy 2019 21:57
Yangiliklar


Eng sodiq futbolchilar. Messi uchinchi o'rinda
"Transfermarkt" nashri Evropaning top-10 ligalarida jamoasiga eng sodiq futbolchilar reytingini taqdim qildi.
Unga ko'ra, birinchi o'rin CSKA posboni Igor Akinfeevga nasib qildi. U Moskva klubi safida 16 yil 10 oy va 28 davomida harakat qilgan.
Ikkinchi o'rin esa "Sent-Eten" himoyachisi Loik Perren (16 yil 4 oy 21 kun). Uchinchi o'rin esa Leo Messiga tegishli (15 yil 10 oy 20 kun).
Qayd etish kerak, butun dunyo bo'yicha jamoasiga eng sodiq futbolchi "Kashima Antlers" sharafini himoya qilayotgan 40 yoshli yaponiyalik Xitoshi Sogaxataga tegishli - 21 yil 10 oy 20 kun.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar