So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

Eng faol sport jurnalistlari taqdirlandi Yangiliklar

Eng faol sport jurnalistlari taqdirlandi

27 iyun mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida bayram qilib kelinadi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nom olgan 2017 yilda ham jurnalistlar mamlakatimiz hayotidagi eng muhim voqea-hodisalarni, shu jumladan, sport olamida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarni yoritishda faollik ko'rsatmoqdalar. O'z navbatida, ommaviy axborot vositalari xodimlari shaxsan davlatimiz rahbarining yuksak etibor va g'amxo'rligini his etib kelmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida sohada faoliyat ko'rsatuvchi jurnalistlarni rag'batlantirib borish ko'zda tutilgan. 2004 yildan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi, O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida “Eng faol sport jurnalisti” respublika tanlovi o'tkazib kelinmoqda. Birinchi mukofot sohibiga eng kam oylik ish haqining 20 barobari, ikkinchi mukofot sohibiga 15 barobari, uchinchi mukofot egasiga esa eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida pul mukofotlari, yana uch jurnalistga rag'batlantiruvchi sovrinlar topshiriladi.

Sport jurnalistikasi sohasida 2016-2017 yillar mobaynida o'zining faolligi bilan ajralib turgan bir qator jurnalistlar tanlov g'oliblari deb topildi.

Bugun O'zbek milliy akademik teatrida o'tkazilgan tantanli marosim chog'ida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov quyidagi jurnalistlarga mukofotlarni topshirdi:

1-o'rin - Narzulla Saydullaev, championat.asia sayti jurnalisti;
2-o'rin - Marina Yakubova, O'zMTRK “Sport” telekanali Translyaciya va sport yangiliklari studiyasi bosh muharriri o'rinbosari;
3-o'rin - Bobur Akmalov, “Oriyat Dono” radiosi ijodiy guruhi rahbari, sport eshittirishlari muallifi va boshlovchisi.

Rag'batlantiruvchi mukofotlar bilan “Interfutbol” gazetasi bosh muharriri Axadxon  Abduhamidov, “sports.uz” sayti muharriri Bekzod Isaev va O'zMTRK “Sport” telekanali Talim-tarbiya bosh muharririyati rejissyori Nilufar Kasimova taqdirlandi.

Biz barcha jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ularga ijodiy zafarlar tilaymiz!

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi matbuot xizmati


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика