Endrik uchun yangi davogar paydo bo'ldi
12 noy 2025 20:36
Yangiliklar
Endrik uchun yangi davogar paydo bo'ldi
"Manchester Yunayted" 19 yoshli braziliyalik o'yinchi Endrik bilan ijara shartnomasi tuzishga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi "Real" tarkibida o'yin amaliyotiga ega emas, shu bois jahon chempionati oldidan o'ziga yangi klub qidirmoqda.
Mankunianliklarning hujumchiga qiziqishi sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshkoning jarohati bilan bog'liq. Hujumchi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat oldi. Jarohatning og'ir-engilligi hozircha malum emas, ammo Sheshko uzoq muddatga safdan chiqsa, Amorim hujumni kuchaytirishi kerak bo'ladi.
Avvalroq, Endrikni Franciyaning "Lion" klubi bilan bog'lashgandi. Braziliyalik hujumchiga Liga 1 klubi asosiy davogar sifatida ko'rilayotgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar