So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  4 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Endi "SA"da payshanba muxlislarniki! Yangiliklar

Endi "SA"da payshanba muxlislarniki!

Bugungi kunga kelib saytni 20 000 ming va undan ortiq o'quvchi doimiy tarzda kuzatib kelmoqda.
Kun sayin stadionlarimiz huvillab ketayotgan bir paytda OAVda ishlash ham qiyin bo'lib boryapti. Ishqilib saytlarni ham kuni stadionlarimizning holiga tushib qolmasa bo'lgani. Futbol avvalo muxlis uchun o'ynaladi. Faqat bizda bu tushunchaga kichik o'zgartirish kiritilgandek. OAVning asosiy vazifasi masuliyatni to'liq xis qilmayotgan "mutaxasisslar"ni qo'zg'atish. Buning uchun muxlislarni yordamga chaqiramiz.

Bugundan boshlab haftaning har payshanba kuni sayt o'quvchilar uchun minbar sifatida taqdim etiladi. SHu kuni saytning elektron manziliga kelib tushadigan eng sara fikrlar, isbotga ega malumotlar elon qilinadi.

Bugungi kun o'quvchisi oliy liga inqirozida asosan etakchi jamoalarni sabab qilib ko'rsatadilar. Aslida ham shundaymi, shunday bo'lsa, nima uchun quyi o'rinlarda borayotgan jamoalarimiz tegishli joylarga arz qila olmaydilar? Bilasizmi, nega? Javobini Sizga men aytay, ular ham kam bo'lmagan xato ishlarni qilishyapti. Ishonavering, har bir klubning asl holatini ochiq namoyon qilaman desangiz, oliy ligada jamoa qolishi kerak emas. Ko'plab jamoalarni OAV nazaridan chetga qolayotgani evaziga, u erdagi rahbarlarning "ko'lankasi maydon"! Muxlislar nazdida faqatgina hakam ularni jamoasini mag'lub etyapti. Ammo haqiqatni ko'ra biladigan o'quvchilar ham etarlicha topiladi. Bazi klublarga oid xabarlarda o'quvchilar, asl aybni o'zlaridan qidirishni ham biladilar. Aynan mana shunday betaraf fikrlay oladigan muxlislar uchun, saytimiz eshiklarini ochiq deb elon qilamiz.

Bu payshanba kunidan o'rin olgan birinchi loyihamiz. Ikkinchi loyiha uchun haftaning dushanba kuni o'rtaga mavzu tashlanadi. SHu mavzu yuzasidan o'quvchi "Ha" yoki "Yo'q" ko'rinishida javob beradi.

Ilk mavzu shundan iborat:

- Oliy liga jamolari sonini oshirishga qanday qaraysiz?

Bu ilk savol bo'lib, unda o'quvchi o'zining shaxsiy fikrini, imkon qadar barcha jihatlarni inobatga olib yozishi lozim. Yuzaki fikrlar inobatga olinmaydi. Tanqidiy va tahliliy, ochiq muloqotga turtki bo'ladigan fikrlar barcha uchun qiziq bo'ladi.


Loyiha hafta sayin rivojlansa, o'quvchilarning fikri mukammallashib boraveradi. Sizga bir narsani aytishim mumkin-ki, ishonavering bizni o'qishadi. Yozganlaringiz behuda ketmaydi. Demak, "SA"da payshanba to'laligicha muxlislarniki.

Tayyormisiz, asia@championat.asia elektron manziliga xat yozing yoki quyidagi "XAT YUBORISH" manzili orqali yuboring.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика