So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Endi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji “Odil Junior” bilan hamkorlik qiladi Yangiliklar

Endi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji “Odil Junior” bilan hamkorlik qiladi

Teglar :  ROZKOdil Junior
So'nggi yillarda xalqimiz salomatligi bo'rasida g'amxo'rlik qilish, manaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o'yini bo'lgan va mamlakatimizda ham eng sevib o'ynaladigan futbolga aholi, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakatimizda yuksak iqtidorga ega yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va futbol infratuzilmasini yanada mustahkamlash, futbolga ixtisoslashgan sport maktablarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, soha mutaxassislarini tayyorlash, qolaversa o'tkazilayotgan sport musobaqalari saviyasini yaxshilash bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan.
SHu maqsadda davlatimiz rahbarining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni hamda 2021 yil 5 noyabrdagi “Sport talimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari qabul qilinganki, bu hujjatlar soha rivojida yangi davrni boshlab beradi.

Kecha Respublika olimpiya zaxiralari kollejida mamlakatimizda bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelayotgan mazkur kollej hamda “Odil Junior” futbol akademiyasi bilan “Hamkorlik memorandumi”ni imzolash marosimi hamda ushbu akademiyaga xorijdan jalb qilingan futbol mutaxassisini tanishtiruv marosimi tashkil etildi.

Unda doimiy ravishda o'zbek futboliga Mixail An, Ravshan Ermatov, Ignatiy Nesterov, Server Jeparov, Odil Ahmedov kabi mahoratli futbolchilarni tarbiyalab berayotgan ushbu ilm maskanida “Odil Junior” futbol akademiyasining yosh futbolchilari ishtirok etishdi. Ularga shu erda xorijdan olib kelingan futbol mutaxassisi tanishtirildi.

Tadbirda O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti, “Odil Junior” futbol maktabi asoschisi Odil Ahmedov ham ishtirok etdi.

“Ushbu qilinayotgan ishlarimizning barchasini zaminida futbolimiz ertasi uchun yangi yulduzlar etishtirib berish, barcha o'sib kelayotgan, iqtidorli va salohiyatli yoshlarni birlashtirish, ularni bitta maqsad sari, yani o'zbek futboli shanini yuqorilarga ko'tarish yo'lida birlashtirish yotibdi”.
SHundan so'ng ROZK direktori A.Mamadaliev ham so'zga chiqib, bu say-harakatlar negizida O'zbekistonda millionlar o'yini futbolni, qolaversa bolalar va o'smirlar futbolini yangi bosqichga olib chiqish vazifasi yotganligi, buning uchun barcha bir tanu-bir jon bo'lib harakat qilishi kerakligini takidladi.

Tadbirning ikkinchi qismida Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hamda “Odil Junior” futbol akademiyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum mamlakatimizda bolalar va o'smirlar futbolini ommalashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика