Endi rasman: Laporta Xavi yangi mavsumda ham "Barselona"da qolishini malum qildi
25 apr 16:19
Yangiliklar
Endi rasman: Laporta Xavi yangi mavsumda ham "Barselona"da qolishini malum qildi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bugungi matbuot anjumanida Xavi yangi mavsumda ham Kataloniya klubi ustozi sifatida ishini davom ettirishini malum qildi.
O'z navbatida, Xavi "Barsa"da yana bir mavsum qolishdan juda xursandligini yashirmagan. Hammamiz bu voqeadan mamnunmiz. Bu "Barselona" uchun ajoyib yangilik. Stabillik – muvaffaqiyatli loyihalar kalitidir.
Eslatib o'tamiz, Xavi yanvar oyida klubdan ketishini malum qilgandi. Keyinchalik Joan Laporta Xavini klubda olib qolishga harakat qilishini aytgandi.
Fikrlar