So’nggi yangiliklar

19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  0 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  12 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  13 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   1 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  2 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  25 14:29Эндрик "Реал"да 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1

Endi oliy ligada 12ta klub o'ynaydi. Bunga futbolchilar nima deydi? Yangiliklar

Endi oliy ligada 12ta klub o'ynaydi. Bunga futbolchilar nima deydi?

O'zbekiston Futbol Federaciyasining Ijroiya Qo'mitasi Byurosining qaroriga ko'ra futbol bo'yicha 2018 yilgi Oliy liga musobaqalarida 12 ta jamoa ishtirok etadi.

CHempionat o'yinlari esa 3 davra tizimida o'tkaziladigan bo'ldi. 2018 yilgi oliy liga ishtirokchilarini aniqlashda 2017 yilgi futbol mavsumi hamda 2018 yilgi mavsumga futbol klublarini licenziyalash yakunlari asos bo'lib xizmat qiladigan bo'ldi. Natijada, 2018 yilgi musobaqada 2017 yilda 1–11 o'rinlarni egallagan 11 jamoaga Birinchi liga musobaqalarida g'olibi bo'lgan futbol klubi qo'shiladigan bo'ldi.

Oliy liga tugashiga 4ta tur qolganida qabul qilingan ushbu qaror borasida bir qator futbolchilarga murojaat qildik. Ularga bir xil savol berdik: Oliy ligada 12ta klub o'ynashi yaxshimi yoki yomon?

Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor", jamoasi 4-o'rinda):
To'g'risini aytsam bunday qarorni birdaniga qabul qilinishini kutmagandim. Bu qaror balki to'g'ridir, lekin jadvalning quyi qismida borayotgan jamoalar va birinchi ligada kurashayotgan klublar uchun og'ir botdi deb o'ylayman. CHunki lar yil davomida mehnat qilib oliy ligaga chiqishni mahsad qilishgandi. Balki yaxshilikkadur, buni vaqt ko'rsatadi. Faqatgina bir narsani aytishim mumkin: boshqa jamoalarga qaraganda birinchi ligadagi oliy liga uchun kurashayotgan "Istiqlol" va "Andijon" jamoalariga juda alamli qaror bo'ldi.

Oliy ligada faqat kuchli jamolar bo'lgani yaxshi, muxlislar ko'proq qiziqarli o'yinlar guvohiga aylanishadi. Bu esa har tomonlama bizga foyda keltiradi. Tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Jamoalar soni kamaygani bilan boshqa muammolarimiz bor, shu muammolarni bartaraf etmagunimizcha oliy ligamiz kuchayishwi qiyin.



Jamshid Hasanov ("Qo'qon-1912", jamoasi 6-o'rinda):
Yaxshi qaror, lekin buni menimcha bir ikki yil oldin ogohlantirishsa yaxshi bo'lardi. Jamoalar shunga qarab kurash olib borishardi. Hozr darhol bu qonun chiqarilishi menimcha noto'g'ri bo'lsa kerak. Bu ko'p klublarga zarar etkazdi. Keyingi yil menimcha kurashlarga boy mavsum bo'lsa kerak, barcha gap qarorning kutilmaganda va mavsum oxirida qabul qilinganida bo'ldi.

Javohir Ilyosov ("Mashal", jamoasi 8-o'rinda):
Bu qaror yaxshi, lekin hozir mavsum tugayotganida keyingi yil 11ta klub qoladi, qolgan 5ta klub birinchi ligaga tushib ketadi deb aytishganida, jamoalar keyingi yil mana shu 11talika kirishga harakat qilishardi. Ayni paytda chempionat tugashiga 4ta tur qoldi, endi ko'p jamoalar qiynalib qolishadi. Ligada qolishga deyarli ishonch hosil qilganlar endi bu qarordan keyin birinchi ligaga tushib ketishlari hech gap emas.



G'ulom Haydar G'ulomov ("Olmaliq", jamoasi 9-o'rinda):
Nima maqsadda 12ta klub qoldirildi? Barchasi sababiga bog'liq. Agar mana shu 12ta klub qolishi O'zbekiston futboli rivoji uchun katta xissa qo'shsa men bu qarorga qo'shilaman. Agar foyda keltirmasa va chempionatda o'sish kuzatilmasa 16ta klub qolavergani yaxshi. SHaxsiy fikrim chempionat tugashiga 4ta tur qolganida bu qarorni elon qilinishi noto'g'ri.

Nodirxon Kamolov ("Qizilqum" jamoasi 11-o'rinda):
Bir tomondan oliy ligaga chiqish uchun kurash qizg'in bo'ladi, ikkinchi tomondan oliy ligada oz jamoa qolishi yaxshi emas deb o'ylaman, yana birdaniga 12ta jamoa qolishi va birdaniga 4ta jamoa tushib ketishi... Taxminimcha "Neftchi", "So'g'diyona" va "SHo'rtan" 11talikka kira olmasa kerak. U klub muxlislariga achinaman xolos. CHempionat 3 davrali tarzda o'tishi yaxshi, ammo 12 emas 14ta klub ishtirokida bo'lganda maqul bo'lardi.  Bu futbolchilar uchun ayniqsa yaxshi qaror bo'lardi. Har doim o'yin amaliyotida bo'lardik va o'yinlar juda tez kelardi.

Doniyor Ismoilov ("Dinamo", jamoasi 12-o'rinda):

Menimcha yomon bo'lsa kerak, chempionat tugashiga 4ta tur qolganida bunday qaror chiqishi juda og'ir. Hozir futbolchilar mashg'ulot ham o'tkazishni istamay qo'yishdi. Bu qarorni yil boshida aytish kerak edi deb hisoblayman.

Javlon Guseynov ("So'g'diyona", jamoasi 13-o'rinda):
Barcha qilinayogan ish yaxshilikka, raqobat kuchayadi jamoalar orasida ham futbolchilar orasida ham, lekin buni to'satdan elon qilish mantiqqa to'g'ri kelmadi chamamda...reglament nima bo'ldi? Keyingi yilda 11-o'rindan pastdagilar tushib ketadi deb aytilsa boshqacharoq bo'larmidi, yanayam bilmadim.



Doston Tursunov ("Neftchi", jamoasi 15-o'rinda):
Oliy ligamizda 12ta klub qolishi bir tomondan yaxshilikkadir. Ammo hozirgi vaziyatda bu jamoamiz uchun juda yomon qaror. Bizni oldindan ogohlantirishmadi ham. Darhol 12ta jamoa qoladi deb aytishdi xolos. Ko'pchilik futbolchilar tushkunlikka tushib qolishdi. Maqsadimiz 4ta o'yinda g'alaba qozonish. Uyog'i nima bo'lishini ko'ramiz.

Farhod Bekmurotov ("Andijon", jamoasi birinchi ligada 3-o'rinda):
Endi bu qarorni O'FF qabul qildi, uning har biri qarorini hurmat qilishimiz kerak. Lekin menimcha bu ish bir yil avval rejalashtirilganda yaxshi bo'lardi. Masalan, biz ikkinchi o'rin uchun kurashayotgandik, endi oxirgi o'yinning natijasi ahamiyatsiz bo'lib qoldi...Oliy ligada so'nggi o'rinlarda borayotgan jamoalar uchun har bir o'yin finaldek bo'ladi. Keyingi yil birinchi liga ham kuchayadi. SHaxsiy fikrim oliy ligada baribir 16ta jamoa qolishi kerak edi.


Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика