So’nggi yangiliklar

15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  1 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  0 15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  0 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  2 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  16 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  1 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  8 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  13 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  7 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4

Endi “Nasaf” futbol klubida ham kiberfutbolchilar bor Yangiliklar

Endi “Nasaf” futbol klubida ham kiberfutbolchilar bor

SHu kunlarda O'FF va PFLning qo'llab-quvvatlashi orqali O'zbekistonda “Virtual Football” kompaniyasi PCFL (Professional Cyber Football League) ligasi tashkil qilish bo'yicha katta tashkilotchilik ishlarini boshlab yuborgan.

Butun dunyoda yangi sport turiga aylanib borayotgan kiberfutbol vakillari jahon chempionatlari va jahon gran-prilarida vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar. Endilikda kiberfutbol mamlakatimizning professional futbol klublari qoshida ham tashkil etila boshlandi. Klublar o'z saflariga ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kuchli o'yinchlarni qo'shib olishni boshlashdi.

Bu loyihaning asosiy  maqsadi yurtimizda ushbu virtual futbolni rivojlantirish bilan birgalikda yoshlarning bo'sh vaqtini maroqli va mazmunli o'tkazishga yordam berishdir. SHuningdek kirebfutbol bo'yicha O'zbekiston bayrog'ini jahon arenalarida baland ko'tarish sanaladi.

“Nasaf” futbol klubi ham bu loyihadan chetda qolmadi.  Klubimiz katta tajribaga ega ikki nafar ana shunday  kiberfutbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kiberfutbolchilar endilikda O'zbekiston chempionatida klubimiz sharafini himoya qilishadi.

Bugun “Nasaf” futbol klubi o'z kiberfutbolchilariga, klubimiz logotipi aks ettirilgan ramziy futbolkalarni topshirish marosimini o'tkazdi.

Marosimda “Nasaf” futbol klubi bosh menedjeri SHamil Yarulin bu loyiha tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, yurtimizda endi kibersport ham ommalashib, o'z safiga juda ko'p yoshlarni jalb etishini va mamlakatimiz kiberfutbolchilari kelgusida bu orqali yurtimiz sharafini butun dunyoga ko'z-ko'z qilishiga ishonishini aytib o'tdi va ularga omadlar tiladi.

SHu o'rinda klubimiz kiberfutbolchilari ham so'z olib, “Nasaf” klubi sharafini nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda munosib himoya qilishga butun mahoratini ishga solishini aytib o'tishdi.

Quyida kiberfutbolchi azolarimiz bilan tanishing:

44 raqam. Xislat Umarov - Keeper, 2013 yildan kibersport bilan shug'ullanadi.

70-raqam. Ilhomjon Turdikulov – Nike,  2012 yildan kibersport bilan shug'ullanadi.


Klubimiz kiberfutbolchilari MDH davlatlari o'rtasida va O'zbekistonda o'tkazilgan bir qancha turnirlarda ishtirok etgan va sovrindor bo'lishgan.

Marosim yakuniga etgach, “Markaziy” stadionimiz anjumanlar zalida Qashqadaryo va Surxondaryolik kiberfutbolchilar o'rtasida saralash bahslariga start berildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика